O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab olingan sara suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Botsvanada Afrika baliqchi burguti ov qilayotgan vaqtda qarshisidan chiqib qolgan echkiemarni ko‘rib shoshib qoldi.
Foto: Legion Media
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi “Gulobod” mahallasiga tashrifi davomida 93 yoshli Anvarxo‘ja ota bilan suhbatlashdi. Anvarxo‘ja ota davlat rahbaridan otalar choyxonasi qurib berishni so‘radi. Shavkat Mirziyoyev bu taklifni qo‘llab-quvvatlab, otaxonga mustahkam sog‘lik tiladi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Shimoliy Karolinadagi Shukrona kuni tadbiri davomida Jo Bayden 16 oylik bo‘lgan Breklin Petrelga “besh” tashlamoqda.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Oq uy Bayden 2024-yilgi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymoqchiligini tasdiqladi
Moskvadagi GITIS teatrida 20-noyabr kuni 68 yoshida vafot etgan Rossiya xalq artisti Valeriy Garkalinni so‘nggi manzilga kuzatish marosimi.
Foto: “TASS”
“Shoxyux emas, Shoxyuz”. “Sarhumdon” mahallasi guzaridagi Shohruz ismli bola prezidentga o‘zini tanishtirdi va u bilan biroz suhbatlashdi.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Mavzuga doir: “Toshkentda shunday bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda qanday?” — Shavkat Mirziyoyev maktab oshxonalari haqida
Millionlab qizil qisqichbaqalar Avstraliyaning Rojdestvo orolida yillik ko‘chish vaqtida okean tomon ketmoqda.
Foto: Getty Images
Ispaniyaning Kadis shahrida metallurgiya ishchilarining ish tashlashi chog‘ida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir boldi.
Foto: “TASS”
22-noyabrdan boshlab Tatariston aholisi emlangani yoki tibbiy ruxsatnoma sifatida berilgan QR-kodini ko‘rsatmasdan jamoat transportida sayohat qila olmaydi.
Foto: “TASS”
Mavzuga doir: Farg‘onada haydovchi Nexia ichida yonib ketdi, Lacetti daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi. YTH tafsilotlari
“Hamid Olimjon” metro bekati chiptaxonasi oldida o‘z navbatini kutayorgan qiz.
Foto: “Daryo” / Munojot Adilova
“InnoWeek.uz–2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimi.
Suratda: O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda innovatsion rivojlanish vaziri – Ibrohim Abdurahmonov.
Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
Quddus yaqinidagi Dovud shaharchasidagi arxeologik qazishmalar paytida topilgan 2000-yillik kumush tanga.
Foto: EPA
Coldplay va BTS Kaliforniyadagi Microsoft teatrida American Music Awards marosimida chiqish qilishdi.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Fransiya hukumati koronavirusning yangi to‘lqini “yashin tezligida” tarqalayotganidan ogohlantirdi
Volgograddagi shifoxonaning shifokori zambilda yotgan COVID-19 qurboni jasadiga oid hujjatlarni to‘ldirmoqda.
Foto: AP Photo
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Oq ayiqlar jangi, Xitoyda kuzatilayotgan xavfli darajadagi sovuq, futbol ko‘rayotgan qizlar. 22-noyabr suratlari
- Otaturkning po‘lat haykali, 30 dollarga sotilgan san’at asari, lyuks xonada dam olayotgan kurkalar. 19-noyabr suratlari
- Davlat maqomini o‘zgartirayotgan davlat, “Tolibon”ga yuborilgan yordam, qisqichbaqalar uchun ko‘prik. 18-noyabr suratlari
- Birinchi qordan bo‘sa olayotgan qiz, talabalar kuni nishonlangan bitiruv kechasi, zaharli havo bilan qoplangan shahar. 17-noyabr suratlari
- Benzin narxi ko‘tarilishiga qarshi namoyish, kasalxona yaqinida portlagan mashina, sohilga tushgan chaqmoq. 16-noyabr suratlari
- “Tolibon” harbiy paradi, yuk mashinalarining 30 kilometrlik tirbandligi, migrantlarning ag‘darilgan kemasi. 15-noyabr suratlari
- Bo‘sh vaqtini maroqli o‘tkazayotgan falastinliklar, dadasi bilan qor o‘ynayotgan qizcha, Sfinks bilan suratga tushgan shahzoda va malika. Hafta suratlari