Samarqandda tuman Xalq ta’limi bo‘limi mudiri o‘rinbosari 300 AQSh dollari pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqida “Daryo”ga DXX Samarqand viloyati boshqarmasi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 16-noyabr kuni DXX Samarqand viloyati boshqarmasi prokuratura hamda departament xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida viloyatdagi tumanlarning birida XTB mudiri o‘rinbosari lavozimida ishlovchi fuqaro R.T. xizmat mavqeyidan foydalanib mahalliy fuqarodan tuman maktablarining biriga “o‘qituvchi” lavozimiga ishga olib kirib qo‘yishini va’da qilib undan 300 AQSh dollari miqdordagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat bo‘yicha fuqaro R.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)