Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidentining 30-yanvardagi farmoni bilan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov lavozimidan ozod etildi.

Rustam Xolmatov

Rustam Xolmatov
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uning o‘rniga shu vaqtga qadar Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Davron Hidoyatov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Davron Hidoyatov

Davron Hidoyatov
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Rustam Xolmatovga 2020-yil 18-dekabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan yer ajratishda qonunni buzgani uchun hayfsan berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 27-yanvar kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda yaqin kunlarda bir nafar hokim va vazir lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng 29-yanvar kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev lavozimidan ozod etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi