• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi belgilandi

    “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qonunga ko‘ra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:

    • yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;
    • fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar (ilgari YaTTlarning xususiylashtirilishi nazarda tutilmagan);
    • xususiylashtiriladigan davlat obyektlari joylashgan yerlar (ilgari bu ruxsat berilmagan);
    • bo‘sh turgan yerlar.
    Yer uchastkalari quyidagi shakllarda xususiylashtiriladi:
    • umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yerni sotib olish;
    • yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.
    • xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar davlat budjetiga yo‘naltiriladi (ilgari Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirilgan).
    Ariza DXM yoki YaIDXP (“my.gov.uz”) orqali beriladi. Ariza ko‘rib chiqilib xabarnoma shaklda ijobiy yoki salbiy qaror qabul qilinadi. Salbiy qaror asoslantirilgan shaklda bo‘lishi shart. Quyidagilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
    • xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;
    • yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi;
    • yerda joylashgan ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
    • aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan ma’lumotlarning mavjudligi;
    • davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror mavjudligi;
    • xususiylashtiriladigan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;
    • arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar aniqlangani;
    • xususiylashtiriladigan yer puli to‘lanmagani.
    Xususiylashtirishni boshqa sabablarga ko‘ra rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi. Yerga bo‘lgan mulk huquqi uchun davlat orderi yer uchun to‘lov qilinganidan so‘ng 1 ish kunida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan beriladi. Quyidagi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qo‘yish mumkin:
    • yerga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda;
    • yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);
    • yer musodara qilinganda;
    • yer rekvizitsiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida).
    • Xususiylashtirilgan yerni natsionalizatsiya (haq evaziga davlat ixtiyoriga o‘tkazish) qilish Qonundan chiqarib tashlandi.
    • Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning iyunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgandi. O‘shanda hokim qarori bilan nodavlat sektorga yer ajratish hamda yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va tekinga berish amaliyoti bekor qilinishi ma’lum bo‘lgandi.

    Mavzuga doir: Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining sotib olish qiymati qanday aniqlanadi?

    16.11.2021, 17:56   Izoh (0)   53092
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    16.11.2021, 17:11

    Toshkentda jamoat transportida tegajog‘likka qarshi kampaniya ishga tushirildi

    16.11.2021, 16:42

    Qozog‘istonlik tadbirkor O‘zbekistondagi korxonaga yetkazib bergan 1 mln dollarlik bug‘doy uchun mablag‘ni ololmayotganini aytmoqda

    16.11.2021, 16:32

    “Afg‘onistonning yangi hukumati o‘z va’dasi va xalqaro majburiyatini bajarishiga umid qilamiz” — Abdulaziz Komilov

    16.11.2021, 16:14

    Samarqandda xotini va uning jazmani deya taxmin qilingan erkakni o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    16.11.2021, 15:32

    O‘zbekistonda 2021-yilning to‘qqiz oyi davomida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi

    16.11.2021, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.