Markaziy bank 17-noyabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,56 so‘mga ko‘tarilib, 10 740,80 so‘mni tashkil qildi. Yevro 72,12 so‘mga pastlab, 12 203,70 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng 15,82 so‘mga pastlab, 10 721,24 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 15-noyabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 790 so‘mgacha ko‘tarilgandi.
Prognozlarga ko‘ra, O‘zbekistonda dollar kursi 2022-yilda 11 300 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin.
Izoh (0)