• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qozog‘istonlik tadbirkor O‘zbekistondagi korxonaga yetkazib bergan 1 mln dollarlik bug‘doy uchun mablag‘ni ololmayotganini aytmoqda

    Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan Tiksi LTD korxonasi O‘zbekistondagi Mega Eco Export jamiyatiga yetkazib bergan bug‘doy yormasi uchun umumiy hisobda bir million dollardan ziyod mablag‘ini undira olmayapti. Bu haqda Tiksi LTD korxonasi direktori Aleksandr Loza “Daryo”ga murojaat qildi.

    Foto: Tiksi LTD korxonasi

    Foto: Tiksi LTD korxonasi

    Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan Tiksi LTD korxonasi va O‘zbekistondagi Mega Eco Export jamiyati o‘rtasida 2018-yilning yanvar oyida bug‘doy yormasini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 5 million 500 ming dollarlik shartnoma imzolangan. Kelishuvga ko‘ra, mahsulot yetkazib beruvchi Tiksi LTD korxonasi tomonidan 2018-yilning iyul–avgust oylarida Mega Eco Export jamiyatiga tonnasi 756 dollardan jami 1 million 400 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan. Ammo Mega Eco Export korxonasi 1 million 71 ming dollarlik mahsulotni qabul qilib olgan bo‘lsa-da, mablag‘larni yetkazib beruvchiga ko‘rsatilgan muddatda to‘lab bermagan.

    “Qarzni qaytarish bo‘yicha og‘zaki hamda yozma murojaatlar qildik, foydasi bo‘lmadi. Biz ham tadbirkormiz, kredit olib, biznes qilamiz. Mahsulot uchun olingan pullar bank kreditlari hisobiga olinganligi, ushbu pullar bo‘yicha korxonaning kredit majburiyati borligi haqida Mega Eco Export korxonasiga bir necha marotaba tushuntirdik, lekin natija yo‘q. Har gal har xil bahonalar qilib, pulimizni qaytarishni ortga surib kelishdi”, – dedi Tiksi LTD korxonasi rahbari Aleksandr Loza.

    Bu orada Mega Eco Export jamiyati Tiksi LTD korxonasidan bug‘doy yormasini yetkazib berishni to‘xtatmaslikni, O‘zbekistonda bug‘doyning narxi bir necha barobar qimmatligini aytib, yana mahsulot yetkazib berishlarini so‘raydi.

    O‘zbekistondagi Mega Eco Export jamiyatining o‘sha paytdagri rahbari Bekjon Jalilov tomonidan Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan Tiksi LTD korxonasi o‘rtasida 2018-yilning yanvar oyida imzolangan bug‘doy yormasini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 5 million 500 ming dollarlik shartnoma

    O‘zbekistondagi Mega Eco Export jamiyatining o‘sha paytdagri rahbari Bekjon Jalilov tomonidan Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tgan Tiksi LTD korxonasi o‘rtasida 2018-yilning yanvar oyida imzolangan bug‘doy yormasini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 5 million 500 ming dollarlik shartnoma

    “Mega Eco Export jamiyati rahbariyati bizga aloqaga chiqib, bug‘doyga O‘zbekistonda talab katta, yuboraveringlar, avvalgi yuborgan mahsulotlaringning pullari sotgan korxonalardan yetib kelmadi, ozroq kutinglar, yana mahsulot jo‘natsanglar, pulini avvalgi qarzimizga qo‘shib, tez orada qaytaramiz, deb va’da berishdi. Biz ularning gapiga ishonib, 2019-yilning fevral oyida Mega Eco Export jamiyatiga 214 ming dollarlik bug‘doy mahsuloti yetkazib berdik. Yana va’da qilingan vaqtda pulni qaytarishmadi. Ular Mega Eco Export jamiyatida soliq idorasi tekshirish o‘tkazib, korxona hisob raqamiga taqiq qo‘yilganini, tekshirish yakunidan so‘ng pul mablag‘ini to‘lab berishini aytishdi. Lekin haligacha Mega Eco Export jamiyati Tiksi LTD korxonasi oldidagi ikki shartnoma bo‘yicha 1 million 260 ming dollarlik qarzni qaytarmayapti”, — dedi Aleksandr Loza.

    Ikki o‘rtada kelishuv shartnomasi bo‘lsa, nima uchun sudga murojaat qilmaysizlar, degan savolga Tiksi LTD korxonasi rahbari quyidagicha javob berdi:

    “To‘g‘ri, o‘rtada shartnoma bor, bu orqali sudga murojaat qilishimiz va yutib chiqishimiz mumkin. Bilishimizcha, Mega Eco Export jamiyatining oldimizdagi qarzdorlikni qaytarish imkoniyati yo‘q. Birinchidan, ularning hisob raqamiga taqiq qo‘yilgan. Ikkinchidan, mahsulot sotishgan bo‘lsa-da, o‘z hisobiga kirim qilishmagan. Bizni hayron qoldirgan narsa — bunga O‘zbekistondagi huquq-tartibot idoralari e’tibor qilishmayapti. Prokuraturaga ham yozdik, foydasi bo‘lmadi, sudga murojaat qilinglar, degan javob keldi”, — dedi Aleksandr Loza.

    Holatga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Mega Eco Export jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat rahbari Alisher Asqarovning aytishicha, Tiksi LTD korxonasi bildirayotgan fikrlar asossiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Haqiqatan ham bug‘doy yormasini yetkazib berish bo‘yicha Tiksi LTD korxonasi bilan shartnoma tuzganmiz. Biz ulardan mahsulot sotib olib, O‘zbekistondagi korxonalarga sotamiz. Tiksi LTD korxonasi bilan xalqaro savdo uchun yaratilgan elektron baza orqali shartnoma tuzganmiz. Barcha sotib olingan, qabul qilingan mahsulotlar o‘sha orqali hisob-kitob qilingan va pullar o‘z vaqtida to‘lab berilgan. Aslida biz ulardan emas, ular bizdan qarzdor. Bularning barchasi elektron kelishuvlarimizda ko‘rinib turibdi”, — dedi Mega Eco Export jamiyati rahbari.

    Mega Eco Export jamiyati rahbari Alisher Asqarov shartnomalarning elektron ko‘rinishidan nusxa yuborishini aytdi. Lekin aytilgan vaqtdan bir necha oy o‘tgan bo‘lsa-da, hujjatlar “Daryo” tahririyatiga taqdim etilmadi.

    O‘ylaymizki, O‘zbekistondagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul idoralar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ikki tadbirkor o‘rtasidagi masalaga qonuniy yechim ko‘rsatishadi.

    16.11.2021, 16:32   Izoh (0)   31406
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Afg‘onistonning yangi hukumati o‘z va’dasi va xalqaro majburiyatini bajarishiga umid qilamiz” — Abdulaziz Komilov

    16.11.2021, 16:14

    Samarqandda xotini va uning jazmani deya taxmin qilingan erkakni o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    16.11.2021, 15:32

    O‘zbekistonda 2021-yilning to‘qqiz oyi davomida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi

    16.11.2021, 15:16

    “O‘lim jazosini kiritgan bilan korrupsiya o‘zidan-o‘zi yo‘qolib ketmaydi” — Ruslanbek Davletov

    16.11.2021, 14:44

    IIV YHXBB jarimalar qayd etiladigan ma’lumotlar bazasi kiberhujum oqibatida o‘chib ketganini rad etdi

    16.11.2021, 13:58

    Jizzaxda tuman prokurori o‘rinbosari 8 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    16.11.2021, 13:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52

    Tramp Medvedevning Eronga yadro quroli topshirish haqidagi tahdidiga javob berdi

    Dunyo | 23 iyun, 22:40

    “Men ‘ko‘chaʼga pul bermaganman” — xonanda Xurshid Rasulov

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:25

    Bekzot Mavlonov Prezident yordamchisi lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:15

    Superliga. “Bunyodkor” mehmonda “Dinamo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 23 iyun, 22:11

    AQSHda 22 yoshli kollej bitiruvchisi aksilterror dasturiga rahbarlik qilmoqda — The Independent

    Dunyo | 23 iyun, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.