• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda jamoat transportida tegajog‘likka qarshi kampaniya ishga tushirildi

    Toshkentda bir guruh ko‘ngillilar jamoasi “Toshshahartransxizmat” AJ bilan hamkorlikda jamoat transportida frotterizm va boshqa bezorilik holatlarining oldini olish, ularga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus loyihani tashkil etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuningdek, loyiha sayti va yangi chiptalar ishga tushirilgan bo‘lib, unda transportda tegajog‘lik qurboni yoki guvohi bo‘lganda nima qilish kerakligi haqida ma’lumot mavjud. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi jamoat transportidan foydalanuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilgan.

    Foto: “Frotterizm.uz”

    Foto: “Frotterizm.uz”

    Saytda jamoat transportida duch kelingan shilqimlik haqida ma’lum qilish imkoniyati, bu kabi holatlarda nima qilish lozimligi bo‘yicha instruksiya mavjud.

    2021-yilning avgust oyida turli yoshdagi aholi o‘rtasida tasodifiy tanlov asosida jamoat transportidagi tegajog‘lik holatlari bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilgan (o‘zbek va rus tillarida).

    So‘rovnomada 100 ga yaqin odam ishtirok etgan. Ularning 77,5 foizi ayollar va 22,5 foizi erkaklar. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra: respondentlarning 12,5 foizi jamoat transportida tez-tez, 40 foizi esa jamoat transportida bir-ikki marta tegajog‘likka duch kelgan, bu muammo nafaqat ayollar, balki erkaklar bilan ham sodir bo‘lgan. So‘rovnomada ishtirok etgan erkaklarning uch nafari jamoat transportida tegajog‘likka duch kelgan.

    Shuningdek, respondentlarning 60 foizining yaqinlari yoki tanishlari jamoat transportida tegajog‘lik holatiga duch kelgan.

    “Jamoat transportida tegajog‘lik holatiga duch kelganda qanday harakat qilishni bilasizmi?” degan savolga respondentlarning 51 foizi “bilmayman” deb javob bergan.

    Jabrlanuvchilardan yordam so‘ramasligi sabablari haqida so‘ralganda, quyidagi javoblar olindi:

    • o‘zimni qanday tutishni bilmayman — 49 foiz;
    • aybdorning jazolanishiga ishonmayman — 22 foiz;
    • aybdorlik va uyat hissi — 19,5 foiz;
    • aybdordan qo‘rqish — 8,5 foiz.
    Respondentlarning 87 foizi bu muammoni dolzarb deb hisoblaydi. Respondentlarning 93 foizi jamoat transportida bezovtalanishning oldini olishga yoki ularga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlardan xabardor emas.

    Loyihaning maqsadi:

    • ushbu muammo bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish;
    • jamoat transportida bezorilik holatlariga guvoh bo‘lgan insonlarni befarq bo‘lmaslikka chaqirish;
    • imkon qadar ko‘proq frotterizm holatlarining oldini olish;
    • jabrlanuvchilarga jim turish uyat emasligini va muammoni e’lon qilish kerakligini yetkazish;
    • jamoat transportida surkalish holatlarini aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqish;
    •  jabrlanuvchilar jamoat transportida ta’qib qilinsa, nima qilishi kerak va ularni himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
    Avvalroq Toshkent metropolitenida 13 yoshli qizga behayo harakatlar qilgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va u bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston OTMlaridagi tegajog‘lik holatlari haqida anonim tarzda murojaat etish imkoniyati yaratildi
    • Toshkentda 3 nafar yo‘lovchi ayolga shilqimlik qilgan taksi haydovchisi 5 sutkaga qamaldi

    16.11.2021, 16:42   Izoh (0)   18817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonlik tadbirkor O‘zbekistondagi korxonaga yetkazib bergan 1 mln dollarlik bug‘doy uchun mablag‘ni ololmayotganini aytmoqda

    16.11.2021, 16:32

    “Afg‘onistonning yangi hukumati o‘z va’dasi va xalqaro majburiyatini bajarishiga umid qilamiz” — Abdulaziz Komilov

    16.11.2021, 16:14

    Samarqandda xotini va uning jazmani deya taxmin qilingan erkakni o‘ldirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    16.11.2021, 15:32

    O‘zbekistonda 2021-yilning to‘qqiz oyi davomida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi

    16.11.2021, 15:16

    “O‘lim jazosini kiritgan bilan korrupsiya o‘zidan-o‘zi yo‘qolib ketmaydi” — Ruslanbek Davletov

    16.11.2021, 14:44

    IIV YHXBB jarimalar qayd etiladigan ma’lumotlar bazasi kiberhujum oqibatida o‘chib ketganini rad etdi

    16.11.2021, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.