• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Muhammadqodir Abdullayevdan Bahodir Jalolovgacha. Jahon chempioniga aylangan o‘zbekistonlik bokschilar

    1974-yildan boshlab har ikki yilda bir o‘tkazilib kelinayotgan havaskor boks bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston delegatsiyasi 1993-yildan buyon ishtirok etib kelmoqda. Shu vaqtga qadar boks bo‘yicha Jahon Chempionatida o‘zbekistonliklar 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan. “Daryo” Jahon chempionatlarida O‘zbekiston uchun oltin medalni olib kelgan bokschilarni yodga oladi.

    Muhammadqodir Abdullayev (1999-yil)

    Muhammadqodir Abdullayev

    Muhammadqodir Abdullayev
    Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

    Muhammadqodir Abdullayev AQShning Hyuston shtatida bo‘lib o‘tgan musobaqada -63,5 kg vazn toifasida ishtirok etgan.

    15-noyab kuni 48 yoshni qarshi olgan Abdullayev 1999-yilgi turnirning 1/16 finalida rossiyalik Aydin Gasanovni mag‘lub etadi, 1/8 finalda amerikalik Rikardo Uilyams, chorak finalda belaruslik Sergey Bikovskiy ustidan g‘alaba qozonadi. Muhammadqodir yarim finalda chexiyalik Lukash Konechnini 12:2 hisobida mag‘lub etadi. Finalda esa fransiyalik Villi Bleyn 11:6 hisobida taslim etiladi. Shu tariqa Muhammadqodir O‘zbekiston uchun rasmiy birinchi oltin medalni taqdim etgan.

    O‘tkirbek Haydarov (1999)

    O‘tkirbek Haydarov

    O‘tkirbek Haydarov
    Foto: Getty Images
    Andijonlik bokschi 1999-yilgi Jahon chempionatida -75 kg vazn toifasida ishtirok etgan. O‘tkirbek vengriyalik Jim Rodriges, italiyalik Salvatore Munno, rossiyalik Yevgeniy Kazansev kabi raqiblarni yengib, finalga chiqqan. Haydarov finalda ruminiyalik Adrian Diakonu ustidan 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medal sohibiga aylanadi.

    Ruslan Chagayev (2001)

    Foto: Getty Images

    1997-yilda Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilgan Jahon chempionatida Ruslan Chagayev O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni taqdim etgan. Chagayev -91 kg vazn toifasida ishtirok etgan va dastlabki jangda belaruslik Sergey Dichkov ustidan g‘alaba qozongan. Chorak finalda italiyalik Jiakobbe Fragomeni, yarim finalda germaniyalik Maik Hankeni taslim etib, finalga chiqqan. Final bosqichida Chagayev Kuba vakili Feliks Savonni 14:4 hisobida mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqqan.

    Ammo AIBA Ruslanni oltin medaldan mahrum etadi. Chunki sportchi Jahon chempionatiga qadar professional boksda ikkita jang o‘tkazgan edi. Keyinchalik ushbu janglar ko‘rgazmali ekanligi isbotlangach, Ruslanning havaskor boksdagi faoliyati tiklangan, ammo medal qaytarib berilmagan.

    Mavzuga doir: Andijon maktabidan chiqqan, Valuyevni yenggan, og‘ir vazn toifasida tarixdagi eng yaxshi osiyolik bokschi Ruslan Chagayev faoliyatiga nazar (fotogalereya)

    2001-yil Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida ham Ruslan Chagayev oltin medal sohibiga aylanadi. Chagayev qozog‘istonlik Rustam Rugebayev, vengriyalik Kurtuzsa Skaba va germaniyalik Vitaliy But ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqadi. Finaldagi raqibi ukrainalik Aleksey Mazikinni taslim etib, chempionga aylangan.

    Abbos Atoyev (2007, 2009)

    Abbos Atoyev

    Abbos Atoyev
    Foto: Getty Images

    Abbos Atoyev 2007-yilda AQShning Chikago shtatida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida -81 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Atoyev finalga qadar ruminiyalik Konstantin Bejenaru, fransiyalik Mamadu Diambang, xorvatiyalik Mario Sivolixa va qozog‘istonlik Yerkebulan Shinaliyevlarni mag‘lub etgan. Finalda Abbos Atoyev rossiyalik Artur Beterbiyevni 20:17 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqqan.

    2009-yilda Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada Abbos -75 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Ushbu musobaqada Atoyev 1/16 finalda yaponiyalik Kentaro Hayashini mag‘lub etadi. 1/8 finalda braziliyalik Yamaguchi Falkao taslim etiladi. Chorak finalda germaniyalik Konstantin Buga ustidan g‘alaba qozonadi. Yarim finalda hindistonlik Vijindr Singh 7:3 hisobida mag‘lub etiladi. Finalda Abbos Atoyev armanistonlik Andranik Hakobyan bilan jang qildi va 9:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa Atoyev ketma-ket ikkinchi marta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    Shahram G‘iyosov (2017)

    Shahram G‘iyosov

    Shahram G‘iyosov
    Foto: Getty Images

    Shahram G‘iyosov 2017-yil Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan Jahon chempionatida -69 kg vazn toifasida ishtirok etgan.

    1/8 finalda ukrainalik Yevgeniy Barabanovni 5:0 hisobida taslim etgan. Chorak finalda esa angliyalik Pet Makkormak ham 5:0 hisobida mag‘lub etiladi. Yarim finalda Shahram qozog‘istonlik Ablayxan Jusupov bilan to‘qnash kelgan va 4:1 hisobida g‘alaba qozongan. Finalda G‘iyosov kubalik Roniel Iglesiasga hech qanday imkon qoldirmagan va oltin medalni qo‘lga kiritgan.

    Shahobiddin Zoirov (2019)

    Shahobiddin Zoirov

    Shahobiddin Zoirov
    Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

    2019-yil Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionatida Shahobiddin Zoirov -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan.

    O‘zbekistonlik bokschi dastlabki jangini turkmanistonlik Ixlos Gulijanovga qarshi o‘tkazgan. Zoirov barcha hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib bo‘lgan. Ikkinchi jangda Shahobiddinga Dominikan respublikasi vakili Rodrigo Martega raqiblik qildi. Ushbu jangda ham Zoirov katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan. Nimchorak finalda Zoirov qirg‘izistonlik Azat Usenaliyevni mag‘lub etib, chorak final ishtirokchisiga aylangan. Chorak finalda bolgariyalik Daniel Asenov ustidan g‘alaba qozongan Shahobiddin yarim finalda fransiyalik Bilal Bennamani mag‘lubiyatga uchratgan.

    Final bosqichida Shahobiddin Zoirov Hindiston vakili Amit Pangal ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, O‘zbekiston uchun 7-oltin medalni qo‘lga kiritgan.

    Mirazizbek Mirzaxalilov (2019)

    Mirazizbek Mirzaxalilov

    Mirazizbek Mirzaxalilov
    Foto: Getty Images

    Mirazizbek Mirzaxalilov 2019-yilgi Jahon chempionatida -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan.

    Mirzaxalilov 1/16 final bosqichida braziliyalik Duglas de Andrade ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. Nimchorak finalda esa marokashlik Muhammad Hamud 4:1 hisobida taslim etilgan. Chorak finalda qozog‘istonlik Kayrat Eraliyev, yarim finalda mo‘g‘ulistonlik Erdenebatin Sendbaatarni mag‘lub etgan Mirazizbek finalda kubalik Lazaro Alvaresga qarshi jang qiladi. Hal qiluvchi jangda Mirzaxalilov raqibini yengib, oltin medalga ega chiqqandi.

    Bahodir Jalolov (2019)

    Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

    +91 kg vazn toifasi vakili Bahodir Jalolov Yekaterinburgdagi dastlabki jangida ukrainalik Sonte Rogavaga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibi ustidan g‘alabaga erishgan. Jalolovga chorak finalda amerikalik Richard Torres to‘qnash kelgan. Bahodir 1-raunddayoq raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib  yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Yarim finalda Bahodir rossiyalik Maksim Babanin ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan. Finalda esa Jalolov azaliy raqibi qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevga qarshi ringga chiqib, uchala raundda ham raqibidan ustun kelgan va g‘alabaga erishgan.

    O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zi qatnashgan o‘n beshta Jahon chempionatida jami 43 ta medalga ega chiqqan — 9 ta oltin, 15 ta kumush va 19 ta bronza.

    15.11.2021, 23:43   Izoh (0)   28411
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gruziyaga yengilgan O‘zbekiston terma jamoasi, Zidanni qo‘llab-quvvatlaydigan Ronaldu va Neymarni sotishni xohlayotgan “PSJ”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    15.11.2021, 22:11

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Gruziyaga kichik hisobda yutqazdi

    15.11.2021, 20:57

    Srechko Katanes boshchiligidagi “oq bo‘rilar” Villi Sanyolning “salibchilar”iga qarshi. Gruziya — O‘zbekiston uchrashuvi haqida

    15.11.2021, 17:01

    Superliga. “Nasaf” qoldirilgan tur o‘yinida “Qo‘qon-1912” ustidan g‘alaba qozondi

    15.11.2021, 16:11

    O‘zbekistonlik sportchi sambo bo‘yicha Jahon chempionatida chuqur nokaut holatiga tushib qoldi (video)

    15.11.2021, 12:50

    JCh—2022 yo‘lida. Portugaliya so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib, to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘ldan chiqardi. Germaniya yirik hisobda g‘alaba qozondi, Ispaniya ham...

    15.11.2021, 03:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nima uchun chamadon kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin?

    Layfstayl | 25 iyun, 18:30

    Toshkentda hovuzdagi baliqni qo‘liga ushlab olgan shaxs o‘ziga eʼtiroz bildirgan ayolga so‘kindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 18:20

    “Biz dotatsiyali respublikadan oltin konlariga ega davlatga aylandik” — O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri

    O‘zbekiston | 25 iyun, 18:10

    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi

    Reklama | 25 iyun, 18:00

    Irlandiya bosib olingan Falastin hududlari bilan savdoni taqiqlaydi

    Dunyo | 25 iyun, 18:00

    Olimlar keksa insonlarning eng ko‘p nimadan afsuslanishi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi

    Layfstayl | 25 iyun, 17:55

    XVJ: O‘zbekistonda samarasiz bojxona imtiyozlari bekor qilinsa, iqtisodiy o‘sish 3,2 foizgacha oshadi

    Iqtisodiyot | 25 iyun, 17:46

    Gollivud yulduzi Liam Nisonning Nyu Yorkdagi kvartirasi 10,8 mln dollarga sotuvga qo‘yildi

    Layfstayl | 25 iyun, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.