Rossiyaning Yekaterinburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionati chorak finali doirasida so‘nggi jang bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati

+91 kg vazn toifasi vakili allaqachon professional boksda harakat qilayotgan Bahodir Jalolovga chorak finalda amerikalik Richard Torres raqiblik qildi. Bahodir 1-raunddayoq raqibini chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ydi.

Raqib esa ringdan zambil yordamida olib chiqib ketildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bobusmon Boturov hamda Dilshodbek Ro‘zmetovlarning ham yarim finalga chiqqanligi haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!