Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 24-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 5-noyabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Metallurg”

Foto: “Metallurg”

“Lokomotiv” Toshkentda “So‘g‘diyona”ni qabul qildi. Temurxo‘ja Abduxoliqov birinchi bo‘lim so‘ngida uchrashuvda yagonaligicha qolgan golni urdi.

“Temiryo‘lchilar” g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 36 taga yetkazdi va 7-o‘rinda bormoqda. “So‘g‘diyona” esa 43 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.

5-noyabr kungi bahslarning ikkinchisi Namanganda bo‘lib o‘tdi. “Metallurg” “Navbahor” mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsning 86-daqiqasida Azim Ahmedov penaltidan unumli foydalandi va “Navbahor”ning g‘alabasini ta’minladi.

“Navbahor” 36 ochko qo‘lga kiritib, 6-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Metallurg” 19 ochko bilan 12-o‘rinda turibdi.

Superliga

24-tur bahslari

5-noyabr, juma

“Lokomotiv” — “So‘g‘diyona” 1:0

Gol: 1:0 — 45+4 Temurxo‘ja Abduxoliqov

“Lokomotiv”: 35. Javohir Ilyosov, 3. Islom Qobilov, 5. Kaxi Maxaradze, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (14. Azizbek Amonov, 46), 17. Sanjar Qodirqulov, 19. Jasur Jaloliddinov, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 28. Shuhrat Muhammadiyev (45. Nurmuhammad Toshpo‘latov, 79), 37. Sherzod Fayziyev, 77. Diyor Turopov, 94. Xushidbek Muxtorov.

“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 4. Elyor Orifov, 5. Ayubhon No‘monov, 6. Iskandar Shoyqulov, 8. Jamshid Boltaboyev, 11. Jasur Hasanov (28. Ergash Ismoilov, 46), 17. Shahboz Jo‘rabekov (18. Darko Stanoyevich, 84), 19. Javohir Qahramonov, 31. Luka Chermel, 77. Sahob Rashidov (15. Jasur Hakimov, 58), 93. Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Muxtorov (44), Qobilov (59).

“Navbahor” — “Metallurg” 1:0

Gol: 1:0 — 86 Azim Ahmedov (penalti).

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Boyan Siger, 7. Azimjon Ahmedov ( 28. Ilhomjon Alijonov, 89), 8. Sardor Telyakov, 9. Ivan Solovyov (20. Ibrohim G‘anixonov, 76), 17. Ehsoni Panshanbe, 19. Mirzohid G‘ofurov, 22. Igor Golban, 70. Abbosjon G‘ulomov (14. Kosta Guttiner, 46), 88. Boyan Naydenov, 95. Zabihillo O‘rinboyev (25.Shohruh Mahmudhojiyev, 68).

“Metallurg”: 1. Akmal Tursunboyev, 6. Xudoyshukur Sattorov, 8. Salamat Qutiboyev, 10. Shahzodbek Nurmatov (7. Ruslan Roziyev, 73) 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 15. Zohid Abdullayev, 22.Shahzodbek G‘ofurbekov, 28. Stanislav Andreyev, 55. Akbarjon Ismatullayev (70.Muhammad Isayev, 15), 80. Farruxjon Ibrohimov, 98. Damir Temirov.

Ogohlantirishlar: Sattorov (41), Telyakov (66), Siger (90), Abdullayev (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda