Shavkat Mirziyoyev “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Qaror bilan 2021-yil 11-martda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida O‘zbek–qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Aytilishicha, o‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etishdan maqsad ikki davlatning iqtisodiyotini modernizatsiyalash va rivojlantirish hamda hamkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish hisoblanadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bitimni amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Izoh (0)