• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ish joyida vafot etgan 33 yoshli prokurorning otasi kafolatlangan nafaqa pullarini to‘lamagani uchun Bosh prokuraturani sudga berdi

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi prokurori lavozimida ishlab kelgan Samir Rahmonov 26-aprel kuni 33 yoshida vafot etgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning yozishicha, marhumning otasi deputatga murojaat qilib, o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etgani, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotganini bildirgan.

    Foto: Bosh prokuratura

    Foto: Bosh prokuratura

    Deputatning qayd etishicha, murojaatga tikilgan tibbiyot xodimlarining 26-apreldagi 10-sonli dalolatnomasida soat 10:35 da tibbiyot bo‘limiga prokuratura xodimlari tomonidan Samir Rahmonovning jasadi olib kelingani bildirilgan. Bu marhumning ish vaqtida ish joyida vafot etganidan dalolat beradi.

    Mehnat kodeksining 192- va 194-moddasida xodim mehnat vazifalarini bajarish sababli vafot etsa, zararni to‘lashi shartligi, xodimning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan biryo‘la beriladigan nafaqaning miqdori, marhumning olti yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lishi mumkinmasligi belgilangan.

    Shuningdek, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunning 51-moddasida prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasida bo‘lishi hamda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanishi va sug‘urta organlari prokuratura xodimi ishlayotgan davrida vafot etsa, uning merosxo‘rlariga Mehnat kodeksining 194-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan tartibda sug‘urta summasini to‘lashi ko‘rsatib o‘tilgan.

    “Biroq Bosh prokuratura tomonidan marhum xodimning oila a’zolariga qonunda belgilangan nafaqa pullari berilmagan. Oxiri marhumning otasi adolat izlab sudga arz qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi esa da’vo arizani qanoatlantirishdan rad etgan.

    Sudlarimizning hozirgi ahvolida Bosh prokuraturaga qarshi da’voni qanoatlantirish ehtimoli past bo‘lsa-da, marhumning otasi qonun ijrosi ta’minlanishi umidida qaror ustidan Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati keltiribdi. Axir adolat qaror topishi kerak-ku”, — deb yozmoqda Rasul Kusherbayev.

    Holat yuzasidan Toshkent shahar sudi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi.

    Unda aytilishicha, marhum Samir Rahmonovning otasi A.Rahmonov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudiga javobgar Bosh prokuraturasiga nisbatan farzandi vafoti munosabati bilan ish joyidan nafaqa puli undirish haqidagi da’vo arizasi hamda ma’naviy zararni undirish to‘g‘risidagi qo‘shimcha da’vosi bilan 3-avgust kuni murojaat etgan.

    Fuqarolik ishi sud majlisida ko‘rib chiqilishi 24-avgust kuniga tayinlangan. Shu kungi sud majlisida taraflar va ularning vakillari ishtirok etib, o‘z vajlarini keltirib, da’vogar tomonidan ma’naviy zarar undirish to‘g‘risida qo‘shimcha da’vo talabi kelib tushgan. Mazkur qo‘shimcha da’vo yuzasidan fuqarolik ishi doirasida Bosh prokuratura tomonidan hujjatlar taqdim etilishi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda mehnat huquq inspektorini uchinchi shaxs sifatida jalb etilishi sababli sud majlisi 6-sentabrga qoldirilgan.

    Shu kungi sud majlisida mutaxassis sifatida jalb etilgan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Yashnobod tuman bo‘limi vakili va mehnat huquq inspektori kelmagani sababli sud majlisi 17-sentabrga qoldirilgan. Sudning 17-sentabrdagi hal qiluv qarori bilan A.Rahmonovning da’vosi va qo‘shimcha da’vo arizasi rad qilingan. Da’vogar mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, sudga apellyatsiya shikoyati kiritgan.

    Bayonotda ma’lum qilinishicha, ushbu shikoyat Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqiladi.

    02.11.2021, 20:11   Izoh (0)   49984
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 8145 dona “Tropikamid” va boshqa kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

    02.11.2021, 19:26

    Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganilishini aytdi

    02.11.2021, 19:10

    “Yangi uy-joy mavzelari narxini bu yilgi darajada ushlab qolish zarur” — Shavkat Mirziyoyev

    02.11.2021, 18:40

    Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” mavzelari qurilishini ma’lum qildi

    02.11.2021, 18:09

    Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

    02.11.2021, 17:39

    “Qo‘yliq”dan “Oloy”gacha. O‘zbekistondagi 60 dan ortiq bozor va savdo komplekslari xususiylashtirilishi mumkin

    02.11.2021, 17:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.