Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Paxtakor” klubi hujumchisi Igor Sergeyev faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettiradi.

Foto: “Oqtobe”

Foto: “Oqtobe”

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi “Oqtobe” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. “Oqtobe” shartnoma tafsilotlarini ochiqlamagan.

Sergeyev — 1993-yilning 30-aprelida Toshkentda tug‘ilgan. “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Igor O‘zbekistondagi faoliyati mobaynida faqat “sherlar” safida (2011—2017 va 2018—2020) to‘p tepgan. Shuningdek, 27 yoshli forvard 2016-yilda Xitoyning “Beyjin Goan”, 2017—2018-yillarda esa BAAning “Az-Zafra” jamoalarida harakat qilgan. 2013-yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi libosini himoya qiladi.

“Oqtobe” 2020-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha birinchi liga g‘olibligini qo‘lga kiritib, Qozog‘iston oliy divizionga chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi