Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatida isitish moslamalaridan kelib chiqqan yong‘in oqibatida Koson tumanida 61 yoshli fuqaro, Chiroqchida esa bir yoshli chaqaloq vafot etgan. Bu haqda Qarshi shahridagi Jurnalistlar uyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Matbuot anjumanida ta’kidlanishicha, viloyatda 2021-yilning o‘tgan to‘qqiz oyi mobaynida 709 ta yong‘in kelib chiqqan bo‘lib, yong‘inlar natijasida 5 nafar fuqaro vafot etgan. 29 nafar fuqaro esa kuyish tan jarohatini olgan.

“Sodir bo‘lgan yong‘inlarning 533 tasi, ya’ni 75 foizi aholi turar joylariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, shulardan 129 tasi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzish natijasida, 35 tasi qasddan o‘t qo‘yish natijasida, 279 tasi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish oqibatida, 47 tasi esa isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarini buzish va 112 tasi bolalar sho‘xligi oqibatida kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Mazkur yong‘inlar keltirgan zarar esa salkam 4 milliard so‘mni tashkil qildi”, — deydi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev

Farhod Mirzayevning ma’lumot berishicha, 2021-yilning 21-yanvar kuni Koson tumanida yashovchi 1960-yilda tug‘ilgan fuqaro O. uyidagi isitish pechini noto‘g‘ri yoqishi, ya’ni gaz ballondan chiqqan suyuqlikni pechga solib yoqishi oqibatida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 60—65 foiz kuyib vafot etgan bo‘lsa, 2021-yilning 10-aprel kuni Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro xonadonida bir nechta elektr pechlarning ulanishi oqibatida elektr uskunalarning zo‘riqishidan kelib chiqqan yong‘inda fuqaroning beshikdagi bir yoshli farzandi yuz foiz kuyib, vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi