Toshkent metropolitenida 2021-yilning yanvar–sentabr oylarida 68,8 million yo‘lovchi tashilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Bu 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 baravarga ko‘p. Bunga sabab 2020-yil pandemiya sabab jamoat transporti harakatiga o‘rnatilgan cheklovlar bo‘lishi mumkin.
Mamlakatda elektr transportida yo‘lovchi tashish tarkibi:
- metro – 97,1 foiz;
- tramvay – 2,3 foiz;
- trolleybus – 0,6 foizni tashkil etgan.
Izoh (0)