Mavsumning eng foydali mahsuloti – qovoqdan ajoyib shirinlik tayyorlaymiz.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoq – 500 gramm;
  • limon – 1 dona;
  • shakar – 1 osh qoshiq;
  • asal – 1 osh qoshiq;
  • muskat yong‘og‘i, dolchin.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoq tozalanib, mayda to‘rtburchak shakliga bo‘linadi. Limonning po‘sti qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Mevaning sharbati siqib olinadi.
  2. Limon sharbati qobiq, shakar, asal, dolchin va muskat yong‘og‘i bilan aralashtiriladi.
  3. Qovoq ustiga sirop quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Qovoq yumshagunga qadar 3-5 daqiqa davomida mikroto‘lqinli pechning eng yuqori darajasiga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!