Ushbu bo‘tqa vitaminlarga boy bo‘lishi bilan birga, nonushta hamda tushlik uchun ajoyib tanlov.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • dumaloq donli guruch – 150 gramm;
  • qovoq – 700-900 gramm;
  • suv – 1 litr;
  • tuz va shakar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Guruch yaxshilab yuvilib, suvda 1-3 soat yoki 1 kecha ivitishga qo‘yiladi.
  2. Qovoq tozalanib, o‘rta bo‘laklarga bo‘linadi. 1 litr suv quyilib, yumshagunga qadar qaynatiladi.
  3. Qovoq pishgach, blender yordamida maydalanadi.
  4. Guruch ham suvdan olinib, blender yordamida aralashtiriladi.
  5. Guruch qovoq bilan aralashtiriladi va 5 daqiqa davomida qaynatib olinadi. Tuz va shakar qo‘shilgandan so‘ng, guruch yumshoq bo‘lishi uchun yana 5-8 daqiqaga past olovda qoldiriladi.

Yoqimli ishtaha!