Kotlet sabzavotlar ichida qovuriladi va bu yanada mazali hamda chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qovoqcha − 1 dona;
  • piyoz − 1/2 dona;
  • sarimsoq − 1 dona;
  • qiyma − 350 gramm;
  • tuxum − 1 dona;
  • o‘simlik yog‘i − 2 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qovoqchalar qalinligi 1-2 santimetr qalinligida to‘g‘raladi. Ulardan halqa hosil qilinadi.
  2. Piyoz, sarimsoq to‘g‘raladi. Qovoqchaning ich qismi, qiyma, tuxum, piyoz va sarimsoq aralashtiriladi.
  3. Blender yordamida silliq bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  4. Tovada o‘simlik yog‘i qizdiriladi. Qovoqcha halqalari ichiga qiymali massa solinib, har ikki tomoni qizargunga qadar 5 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!