Daryo

Gulkaram va kolbasadan mazali kekslar tayyorlaymiz

Yegulikni rayhon bilan bezating

1 daqiqa o‘qish34 142 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Ko‘pincha bekajonlarga noodatiy taomlar yoqadi. Pomidorli sous, pishloq va kolbasa uyg‘unligidagi ta’m esa barchaga manzur kelishi tabiiy.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • gulkaram – 1 bosh;
  • tuxum – 2 dona;
  • un – 3 osh qoshiq;
  • sarimsoq kukuni – 1/2 choy qoshiq;
  • pishloq – 70-80 gramm;
  • pitssa uchun sous – 2-3 osh qoshiq;
  • kolbasa, ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Gulkaram blenderda maydalanadi va tuxum, un, ko‘kat, sarimsoq va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
  2. Keks qoliplari yog‘lanib, ikki osh qoshiqdan tayyorlangan aralashma quyiladi.
  3. 25-30 daqiqa davomida 200 daraja pechda pishiriladi.
  4. Keyin sous solib, o‘rtasiga to‘rtburchak shaklida to‘g‘ralgan kolbasalar solinadi va maydalangan pishloq sepiladi. Yana pechga 5-7 daqiqaga qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar