Tovuq filesi va eritilgan pishloq ta’mi uyg‘unlashgan kotletlarni ta’tib ko‘rmaslikning iloji yo‘q.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz – 250 gramm;
  • tovuq go‘shti qiymasi – 550 gramm;
  • pishloq – 180 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni

  1. Piyoz blenderda maydalanib, go‘sht, tuz va ziravorlar bilan aralashtiriladi. 20-30 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  2. So‘ngra aralashmadan ozroq olinib, o‘rtasiga bir bo‘lak pishloq qo‘yiladi va kotlet holiga keltiriladi. Barcha kotletlar shu tarzda tayyorlanadi.
  3. Tovada yog‘ o‘rta olovda qizdiriladi. Kotletlarning har ikki tomoni 6-8 daqiqa davomida qizargunga qadar pishiriladi.
  4. Tayyor bo‘lgan kotletlar issiq holida dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!