Pishloq ta’mli qarsildoq non tayoqchalarini bolajonlar sevib iste’mol qilishi shubhasiz.
Kerakli mahsulotlar:
- pishloq – 100 gramm;
- sariyog‘ – 100 gramm;
- un – 120 gramm;
- tuxum – 1 dona;
- tuz va kunjut.
- Pech avvaldan 170 darajada qizdiriladi.
- Pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, sariyog‘ katta bo‘laklarga bo‘linadi.
- Un, pishloq, sariyog‘, tuxum va tuz aralashtirilib, yumshoq xamir qoriladi.
- Xamir yupqa yoyilib, uzun lenta shaklida kesib chiqiladi va har bir xamir bo‘lagi rulet shaklida aylantiriladi.
- Hosil bo‘lgan tayoqchalar ustiga kunjut sepiladi.
- Pechda taxminan 20 daqiqa davomida pishiriladi.
Izoh (0)