So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12311.98
    • RUB 133.04
    • EUR 13272.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +4°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    YeXHT DIIHB saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ayollarning yuqori faolligini qayd etdi

    25.10.2021, 20:27 10080

    Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ayollar yuqori faollik ko‘rsatdi. “Dunyo” AAning ma’lum qilishicha Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi taqdim etgan dastlabki hisobotda shunday xulosaga keldi.

    Mirobod tumani, “Baynalmilal” mahallasidagi 116-saylov uchastkasidagi xodimlar.

    Mirobod tumani, “Baynalmilal” mahallasidagi 116-saylov uchastkasidagi xodimlar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Missiya bergan ma’lumotga ko‘ra, okrug saylov komissiyalarining 266 nafar a’zosining 39 foizini ayollar tashkil etdi,  uchastka saylov komissiyalarida 54 foiz ayollar qatnashgan. Shu bilan birga, uchastka saylov komissiyalarining 45 foizida ayollar raislik qilgan.

    Hisobotda O‘zbekistonda ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini ta’minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, 2030-yilga qadar O‘zbekistonda gender tenglikka erishish  strategiyasi qabul qilingan va amalga oshirilmoqda. Unda  ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ayollarning ishtirokini  ta’minlash, ayollarni rahbarlik lavozimiga tayinlash  amaliyotini kengaytirish muhim yo‘nalishlardan  biri hisoblanadi.

    “Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. 5 yil oldin O‘zbekiston ushbu reytingda 128-o‘rinni egallagan edi. Ayni paytda parlament Quyi palatasidagi  deputat xotin-qizlar soni jami deputatlar orasida 32 foizni, Senatda 25 foizni tashkil etmoqda”, — deyiladi hujjatda.

    Qayd etilganidek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovning barcha bosqichlarida ayollar ishtirokidagi nomutanosiblikni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rildi. Komissiya tomonidan  saylov barcha bosqichlarida ayollar va erkaklarning teng ishtirok etishini kuzatishga qaratilgan 11 ta indikator ishlab chiqildi.

    Ular O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazayotgan okrug saylov komissiyalari a’zolari, uchastka saylov komissiyalari a’zolari, siyosiy partiyalarning vakolatli  vakillari, O‘zbekiston  prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalar kuzatuvchilari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilari, akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillari, respublika bo‘yicha murabbiylar, viloyatlar murabbiylari va saylovchilar indikatorlaridir.

    Eslatib o‘tamiz, MSKning taklifiga binoan, YeXHT DIIHB, YeXHT Parlament assambleyasi va Yevropa parlamentining qo‘shma missiyasi ilk marotaba O‘zbekistondagi prezident saylovini kuzatdi.

    Irlandiyalik diplomat Ouen Myorfi boshchiligidagi YeXHT DIIHB kuzatuvchilari 2021-yil 15-sentabridan buyon saylovni kuzatdi. Missiya 17 kishidan iborat  asosiy guruh, 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchi hamda YeXHTga a’zo 26 mamlakatdan tashrif buyurgan 207 nafar qisqa muddatli kuzatuvchi saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatdi. Shu bilan birga, Prezident saylovini kuzatish uchun YeXHT DIIHB rahbariyati, xususan, byuro direktori Matteo Mekachchi ham keldi.

    Bundan tashqari, 27 mamlakatdan 98 nafarga yaqin deputat-kuzatuvchidan iborat YeXHT Parlament assambleyasi delegatsiyasi va YeXHT PA prezidenti Margareta Sederfelt va bosh kotibi Roberto Montella ham ilk marotaba O‘zbekiston prezidenti saylovini kuzatish uchun mamlakatga tashrif buyurdi.

    Shu bilan birga, 12 nafar deputatdan iborat Yevropa parlamenti kuzatuvchilari ham YeXHT DIIHB missiyasiga qo‘shildi. O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylovlarni kuzatish uchun 44 mamlakatdan jami 365 ta kuzatuvchi keldi.

    Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston prezidenti saylovida YeXHT delegatsiyasining to‘liq tarkibda ilk marotaba qatnashishi tashkilot tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning e’tirof etilishi va qo‘llab-quvvatlashidan dalolatdir.

    Avvalroq YeXHTning maxsus koordinatori Reynxold Lopatka O‘zbekistondagi saylov jarayonining yaxshilanganini qayd etgandi. “Sizlar to‘g‘ri yo‘ldasizlar, lekin bu oxirgi qadam emas, navbatdagi qadamlarni ham qo‘yish kerak”, — degan edi u.

    Rossiya Federal Kengashi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farit Muxametshin O‘zbekistonda prezident saylovlari xalqaro standartlarga mos o‘tkazilganini ta’kidlagan edi. Uning fikriga ko‘ra, nomzodlar ilgari surgan dasturlar umuman olganda “o‘zbek xalqining kutilmalariga javob beradi”.

    Mavzuga doir: 

    • “Raqobatbardosh, erkin, ochiq va oshkora” — MDH, ShHT va IHT O‘zbekiston prezidenti saylovlari haqida
    • “O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar istiqbolda o‘z mevasini berishi aniq” — YeXHT va Yevropa Parlamenti missiyasi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada taksi haydovchilari namoyishga chiqib, yo‘llarni to‘sib qo‘ydi

    Bugun, 18:12

    Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham prezidentlik saylovlari o‘tkazadi

    Bugun, 17:48

    “Men to‘satdan falaj bo‘lib qolganman” — Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajriminining tafsilotlari haqida gapirdi

    Bugun, 17:35

    Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Maybach avtomobilida ommaga ko‘rinish berdi

    Bugun, 17:26

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi

    Bugun, 17:22

    Argentinaning yangi prezidenti vazirliklar sonini 19 tadan 9 taga qisqartirdi

    Bugun, 17:21

    “Malibu’si bor, lekin yolg‘on hujjatlar qilib, har oy davlatdan yordam puli oladi”. Sirdaryo hokimining o‘rinbosari hududdagi boqimandalik haqida gapirdi

    Bugun, 17:12

    Blinken: “Rossiya Ukraina bilan mojaroga NATOni ham tortishi mumkin”

    Bugun, 17:02

    “O‘zbekiston uchun muhim ijobiy jihat bu uning juda yosh aholisidir” — tajribali investor Maykl MakGogi O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi haqida optimistik fikrla...

    Bugun, 16:58

    “Farg‘ona” bojxona posti sobiq boshlig‘i 18 yildan so‘ng oqlandi

    Bugun, 16:56

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.