So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +3°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Senatorlar O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqladi

    29.05.2021, 19:14 12442

    Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish hamda insonning fundamental huquqlariga rioya qilish maqsadida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda gender tenglik targ‘ib qilinishini ta’minlashga xizmat qiladi.

    Strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli ta’limli ta’minlash, qishloq joylarida qizlarning oliy ma’lumotga ega bo‘lishi, xotin-qizlar gender tengligiga erishish, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan.

    Ta’kidlanishicha, mazkur strategiyadagi yo‘nalishlar BMTning 2030-yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq holda belgilangan.

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Gender strategiyani amalga oshirish O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi strategik maqsadlar kontekstida qabul qilingan milliy va xalqaro majburiyatlar (Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar rejasi, Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya, Barqaror rivojlanish maqsadlari va boshqalar)ni bajarishga ko‘maklashadi.

    Ma’lum qilinishicha, mamlakatda so‘nggi yillarda Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, sohaga oid 25 ta qonun hujjati qabul qilingan. O‘zbekiston tarixida ilk marotaba milliy parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetgan.

    Siyosiy partiyalardagi xotin-qizlar ulushi 44 foizga, oliy ta’lim sohasida 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi, xotin-qizlar axborot-kommunikatsiya, innovatsiya, energetika, muhandislik sohalariga keng jalb etilmoqda. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga yetgan. 81 ta vazirlik va idorada ilg‘or va bilimli ayollardan iborat 15 ming nafardan ortiq kadrlar zaxirasi shakllantirilgan.

    Bundan tashqari, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilgan. Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Xususan, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog‘onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasidan 134-o‘rinni (2019-yilda 139-o‘rin) egallagan.

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

    Senatorlar tomonidan jamiyatda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirish kabi murakkab masalalar birgina davlat hamda jamoat tuzilmalari zimmasiga yuklatilgan vazifa emasligi, bu borada barchaning faol ishtirokini kuchaytirish muhimligi borasida fikr-mulohazalar bildirilgan. Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilingan.

    Mavzuga doir: Senat Prezident Davlat xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chirchiqda “otopleniye” yoqilgani bois xonadonlarni suv bosgani xabar berilgandi. Hokim, prokuror va deputat suv bosgan xonadonlarga bordi

    Bugun, 00:19

    Qozog‘iston G‘azo sektoriga 38 tonna gumanitar yordam yubordi (foto)

    Kecha, 23:59

    APL. “Tottenhem” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Nyukasl” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Kecha, 23:38

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    Kecha, 23:31

    Bryanskdagi maktabda otishma uyushtirgan qizning otasi ikki oyga qamaldi

    Kecha, 23:15

    Andijon hokimi dam olish kuni yig‘ilish o‘tkazib, Izboskan tumani hokimini ishdan oldi

    Kecha, 22:56

    Instagram: Azoda turmushga chiqdi, Mavluda Asalxo‘jayeva nevarali bo‘ldi, Dilfuza Ismoilova san’atkor dugonasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi

    Kecha, 22:40

    Hududiy kelishmovchilik: Venesuela va Gayana prezidentlari uchrashadi

    Kecha, 22:36

    “Granada” va “Atletik” o‘rtasidagi bahs tribunadagi muxlisning ahvoli yomonlashgani tufayli to‘xtatildi

    Kecha, 22:16

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    Kecha, 21:55

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.