O‘zbekistonda 24-oktabr kuni soat 08:00 dan prezident saylovi boshlandi. Bir qator viloyat hokimlari o‘zi munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

Xususan, Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahri Iqtisodiyot va qurilish institutida tashkil etilgan 35-saylov uchastkasida rafiqasi Nasiba Abdurahmonova bilan birga prezident saylovida ishtirok etdi. Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand shahridagi 144-saylov uchastkasida birinchilar qatoridan prezident saylovida ovoz berdi.

Foto: O‘zA / A.Isroilov

Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

Viloyat hokimlari, shuningdek, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro shahridagi 49-saylov uchastkasida, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev Qarshi shahridagi 4-saylov uchastkasida, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termiz shahridagi 269-saylov uchastkasida, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov Nurafshon shahridagi 10-saylov uchastkasida, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Urganch shahridagi 28-saylov uchastkasida, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahridagi 88-saylov uchastkasida o‘zi munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.

Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev. 

Foto: O‘zA

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev.

Foto: O‘zA

Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov.

Foto: O‘zA

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov.

Foto: O‘zA

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov.

Foto: O‘zA

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov.

Foto: O‘zA

Farg‘ona viloyati hokimi.

Foto: O‘zA

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda prezident saylovida Ekologik partiyadan Narzullo Oblomurodov, Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova, Liberal-demokratik partiyadan Shavkat Mirziyoyev, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Alisher Qodirov va “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzod sifatida ishtirok etmoqda. Ular ham saylovda oila a’zolari bilan ishtirok etib, o‘zlari munosib deb topgan nomzodga ovoz berdi.