O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Narzullo Oblomurodov Toshkentning Yangi hayot tumanidagi 579-saylov uchastkasida ovoz berdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Unga rafiqasi F.Rahmatova va oilasining boshqa a’zolari hamrohlik qilgan.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov rafiqasi F.Rahmatova bilan.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodovning rafiqasi F.Rahmatova ovoz bermoqda.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Ovoz berish jarayonida nomzod Narzullo Oblomurodovning otasi ham qatnashdi.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Narzullo Oblomurodov va uning oila a’zolari.

Foto: “Daryo” / Ma’murjon Obrahmatov

Ma’lumot uchun, Narzullo Oblomurodov 1975-yil 22-yanvarda Samarqand viloyatining Urgut tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek, ma’lumoti — oliy. 1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2000-yilda Birmingem (Buyuk Britaniya) universitetini tamomlagan. Ixtisosligi — iqtisodchi. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

Narzullo Oblomurodov ilk mehnat faoliyatini 1996-yilda Deloitte and Touche xalqaro auditorlik tashkilotida boshlagan, Milliy bankda davom ettirgan. 2001—2008-yillarda Markaziy huzuridagi ilmiy-tadqiqot markazida, Banklar assotsiatsiyasi va Respublika fond birjasida mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2008—2017-yillarda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent moliya institutida kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017—2020-yillarda Prezident administratsiyasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020—2021-yillarda O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. Narzullo Oblomurodov 2021-yil fevraldan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. “Mo‘ynoqqa madad” xayriya velomarafoni, “Daraxt eking” aksiyasi kabi loyihalar muallifi.

Narzullo Oblomurodov 2019-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan. Oilali, ikki o‘g‘il va bir qizi bor. Rafiqasi F.Rahmatova Toshkent tibbiyot akademiyasi doktoranti.