“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Alisher Qodirov Toshkentdagi 83-maktabda tashkil etilgan 116-saylov uchastkasida ovoz berdi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, nomzodga rafiqasi M.Qodirova hamrohlik qilgan. Ma’lumot uchun, M.Qodirova aynan shu maktabda o‘qituvchilik qiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Jurnalistlar bilan qisqacha muloqotda Alisher Qodirov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv ertangi kunga rejalashtirilganini ta’kidlab, bugun “bayramni nishonlash”ni taklif qildi. U “saylovoldi jarayon davomida o‘z salohiyatini to‘la namoyon eta oldim”, deb hisoblashini bildirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Tadbirda bo‘lgan rossiyalik jurnalistlardan biri nomzoddan Rossiyaga nisbatan munosabatini bildirishni so‘rab, Rossiya O‘zbekistonga xavf soladimi-yo‘qmi, shu haqdagi fikriga qiziqdi. Bunga javoban Alisher Qodirov “Rossiya — do‘st mamlakat” ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Alisher Qodirov 1975-yil 12-martda Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 1996-yilda Turkiyaning Egey universitetini (bakalavr), 2009-yilda Toshkent moliya institutini (bakalavr), 2011-yilda Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ixtisosligi — filolog, iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini 1996-yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Jizzax viloyati boshqarmasida yetakchi mutaxassis vazifasidan boshlagan. 1997—2009-yillarda Davlat mulk qo‘mitasining Jizzax viloyati boshqarmasida yetakchi mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i va boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2009—2015-yillarda Jizzax viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2015-yildan buyon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 2017—2019-yillarda jamoatchilik asosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga rahbarlik qilgan.

2019-yildan shu kunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari lavozimlarida ishlab kelmoqda. Shuningdek, Ta’lim-tarbiya sohasini samarali isloh qilish bo‘yicha Oliy Majlis huzuridagi Parlament komissiyasi raisi.

Oilali — ikki o‘g‘il, ikki qizi bor. Rafiqasi M.Qodirova Toshkent shahridagi 83-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.