Gollivud yulduzi Jeyson Momoa Ellen Dejeneresning tok-shousi vaqtida yangi “Akvamen: Yo‘qotilgan qirollik” filmini suratga olish jarayonida olgan jarohatlari haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Ko‘zimga shikast yetkazib qo‘ydim. Muolaja qilishdi, keyinroq operatsiya qildirishim kerak ekan. Churram bor, qovurg‘alarim yetishmaydi...”, — deya ta’kidlaydi aktyor.
Shu bilan birga, aktyor jarohatlar uni qo‘rqitmasligiga ishontirgan.
“O‘z ishimni yaxshi ko‘raman, ba’zida unga haddan ortiq berilib ketaman. Barchasiga yoshim aybdor. Endi men qariyotgan superqahramonman”, — deydi Momoa.
Shuningdek, u yangi film tomoshabinlarga, albatta, yoqishiga ishonch bildirgan.
Avvalroq “Deyneris” va “kxal Drogo” serial yaratuvchilaridan biri tomonidan tashkil etilgan kechada uchrashib qolgani, Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini”dan so‘ng moddiy qiyinchiliklarga uchragani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)