• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Dunyo tomoshabinlarini “ekranga mixlagan” — “Kalmar o‘yini” seriali aktyorlari haqida nimalarni bilamiz? (foto)

    “Kalmar o‘yini” serialining aktyorlari bir kecha-kunduzda dunyoga mashhur bo‘ldi. Ular hali nufuzli kinofestivallarga taklif qilinmagan bo‘lsa-da, boshqa tomondan, ularning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni Gollivud standartlaridan oshib ketgan. E’tiboringizga mashhurlikka erishgan yulduzlarning hayoti haqida bir qancha ma’lumotlarni havola etamiz.

    Foto: Harper’s Bazaar

    Foto: Harper’s Bazaar

    Li Chon Je

    https://www.instagram.com/p/CUwDGJmPxBO/

    Aktyor 1972-yil 15-dekabrda tug‘ilgan. U kinodagi karyerasini dastlab modellikdan boshlagan. Ilk debyuti “Dinozavr o‘qituvchi” dramasidagi asosiy roli bo‘ldi. 1994-yil “Tuyg‘ular” kartinasi aktyorga muvaffaqiyat keltirgan.

    2006-yilgacha aktyor kino sohasida faol ishtirok etgan, so‘ngra 4 yil tanaffus qilgan. 2010-yilda “Xizmatkor” filmida o‘ynab, Yevropa jamoatchiligi orasida ham muvaffaqiyat qozondi.

    Aktyorning shaxsiy hayoti sirlarga to‘la. Uning na rafiqasi, na farzandlari haqida ma’lumot bor. Samimiy Song Ki Xun haqiqiy hayotda ijtimoiy tarmoqlardan uzoqda edi. Faqatgina Instagram’da  2021-yil 2-oktabrda, serialning mashhurligi cho‘qqiga chiqqan paytda ro‘yxatdan o‘tdi va birdaniga 3 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘ldi. O‘z karyerasida yana bir bora muvaffaqiyatga erishgan Li Chon Ji dramaning sahna ortidagi eksklyuziv kadrlarini muntazam ravishda sahifasiga joylab, hamkasblariga yetib olishni xohlaydi.

    Chon Xo Yen

    https://www.instagram.com/p/CUv-lVJBJPn/

    Hozirgi kunda Chon Xo Yen eng mashhur koreys aktrisalaridan biri. U 1994-yil 23-iyun kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. Balandligi 177 santimetr, kino olamiga kirib kelmasidan avval modellik bilan shug‘ullangan. Aktrisaning Instagram’dagi sahifasini go‘zalligi va iste’dodini tinmay maqtaydigan 20 milliondan ortiq folloverlar kuzatadi. Qizig‘i shundaki, serial namoyish etilmasidan avval ularning soni 400 mingtani tashkil etgan.  Aytgancha, aktrisa “Kalmar o‘yini” serialida Kan Se Bekning roli bilan mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, u moda olamida allaqachon muvaffaqiyat qozongan edi. Modellik faoliyatini 16 yoshdan boshlagan aktrisa “models.com” saytining 50 ta eng yaxshi modellar ro‘yxatidan joy olgan. Shuningdek, Korean Vogue jurnali muqovasi uchun suratga tushgan. Qolaversa, Chanel, Louis Vuitton, Prada va Dolce & Gabbana kabi brendlar ko‘rgazmalarida ishtirok etgan.

    Kan Se Bek roli modelning debyutiga aylandi. U qahramonining xarakterini o‘rganish uchun Shimoliy Koreyaning qochqinlari bilan muloqotda bo‘ldi. Ular haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilib, jang san’atini o‘rgandi.

    Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar unchalik ham ko‘p emas. Uning 36 yashar koreyalik aktyor Li Don Xvi bilan munosabatlari jiddiy. Lekin aktrisa sevgilisi bilan tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaydi.

    Serial suratga olinmasdan avval aktrisaning soch turmagi qahramonga mos kelmagan, uning sochlari uzun va qizg‘ish rangda bo‘lgan. Shuning uchun model sochlarini kestirib, tabiiy rangiga qaytargan.

    Pak Xe Su 

    https://www.instagram.com/p/CVCiuflhovo/?utm_source=ig_embed&ig_rid=0f48a921-f4b3-45d2-9599-f4d977d61ca9

    Pak Xe Su xuddi Li Chon Je singari faqat serialda eng ziddiyatli qahramonlardan birini ijro etadi. Shuning uchun u haqida ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar hanuzgacha davom etmoqda. Aktyor 1981-yil 21-noyabr kuni Janubiy Koreyada tug‘ilgan. Bo‘yi 181 santimetr. Pak Xe Su avval ham ko‘plab seriallarda rol ijro etgan, lekin unga ko‘pincha yordamchi rollar berilgan.

    Koreyalik mashhur kishilar singari Pak ham shaxsiy hayotini sir saqlashni afzal ko‘radi. 2019-yil 14-yanvarda sevgilisi bilan turmush qurgan va ularning bir nafar o‘g‘il farzandi bor.

    Aktyor “Kalmar o‘yini” serialida suratga tushgandan keyin Instagram’ga qiziqib qolgan. Ko‘rinib turibdiki, aktyor mashhurlikka endigina ko‘nikmoqda va sahifasini ma’nosiz postlar bilan to‘ldirib yubormaslikka harakat qilmoqda.

    Vi Xa Jun

    https://www.instagram.com/p/CUT4ZT0PQ5m/

    Vi Xa Junning postlarini tomosha qilib turib, uni yaxshigina romantik deb atash mumkin. Aktyor 1991-yil 5-avgustda Janubiy Koreyaning Vando shahrida tug‘ilgan. U Sungul universitetining teatr va kino fakultetini tamomlagan. Vi Xa Jun aktyorlikdan tashqari modellik sohasida ham faoliyat yuritadi.

    Aktyor muntazam ravishda Instagram’da 8,5 million kuzatuvchilari bilan o‘zining jilmaygan selfilarini baham ko‘radi. Ammo muxlislarni ko‘proq drama yulduzining o‘zi ham namoyish etishni yaxshi ko‘radigan mushaklari jalb qiladi.

    Li Yu Mi

    https://www.instagram.com/p/CVAGS5gpsvm/?utm_source=ig_embed&ig_rid=92b5a433-49c1-4795-aa6b-16ac570bcbbe

    Li Yu Mi 1994-yil 18-iyulda Janubiy Koreyaning  Cholla-Pukto shahrida dunyoga kelgan. Drama ixlosmandlari uchun aktrisa begona emas. U o‘zining mashhurlik olib kelgan o‘nlab muvaffaqiyatli rollariga ega. Aktrisaning karyerasini hozirda 22 ta film tashkil qiladi.

    Serial namoyishidan so‘ng aktrisaning Instagram sahifasifa kuzatuvchilar soni oshdi, folloverlarning soni 6,2 millionga yetdi.

    Xo Son Te

    https://www.instagram.com/p/CU9WYsoJdP-/?utm_source=ig_embed&ig_rid=0b9bc443-ead4-4607-a251-8d93b65d2300

    “Kalmar o‘yini” serialining aktyorlari har doim ham o‘z qahramonlariga o‘xshamaydi. Xo Son Te esa buning isboti. 101-raqamli tajovuzkor va hasadgo‘y o‘yinchi hayotda aslida mushuklarni yaxshi ko‘radigan xushmuomala va muloyim odam.

    Aktyor 1977-yil 20-oktabrda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tug‘ilgan. Xo Son Te kino olamiga yetuk yoshida kirib kelgan. U 2011-yil iste’dodlar shousida ishtirok etish uchun ariza yuborgan. 2012-yil “Maskarad” filmini ijro etgach, yiliga kamida ikkita filmda suratga tusha boshladi.

    Shuningdek, aktyor rus tilini yaxshi biladi, chunki u Pusan milliy universitetining rus tili bo‘limini tamomlagan. Shundan so‘ng LG kompaniyasinig Rossiya vakolatxonasida ishlay boshlagan.

    “Kalmar o‘yini”ning rus tomoshabinlari aktyorning rus tilida so‘zlasha olishini bilib, uning postlarini sharhlarga to‘ldirib yubordi. Aktyorning o‘zi bunday e’tibordan juda xursand bo‘ldi, hatto o‘z sahifasiga Vladimir Putin ishtirokidagi memlarni joyladi.

    Xo Son Tening shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas. U sira ham oilasi va bolalari haqida gapirmagan.

    Anupam Tripati

    https://www.instagram.com/p/CVCqSexLwRF/

    Ali qahramonining muxlislari aktyorning juda ko‘p qirrali ijodkor bo‘lganidan hayratda qoldi. Anupam Tripati 1988-yil 2-noyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda u qo‘shiqchilik va aktyorlik mahoratidan dars olgan. 2010-yilda yaqin do‘stining maslahati bilan Koreya milliy san’at universitetiga o‘qishgan kirgan. Shundan so‘ng Janubiy Koreyada yashab qolgan.

    Aktyor debyutini 2014-yilda “Otamga duo” filmida ijro etgan. O‘shandan buyon Anupam muntazam ravishda film va seriallarda rol ijro etadi, lekin hammasi ikkinchi darajali edi. Shuningdek, ko‘pincha hind millatiga mansub aktyorga odatda muhojir obrazi topshirildi.

    Anupamning ham shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas, u na oila va na sevgilisi haqida so‘z yuritadi. Faqatgina o‘z kasbi haqida gapirishni afzal ko‘radi.

    Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, dastlab madaniyat va tilga moslashish qiyin bo‘lgan. Lekin u hozirda koreys tilini mukammal biladi. Ma’lum bo‘lishicha, Anupam teatrda ishlaydi, gitara chaladi va yaxshi qo‘shiq kuyladi. Serial namoyishidan so‘ng Instagram’da uni 3,5 milliondan ortiq odam kuzatmoqda.

    Kim Ju Ren

    https://www.instagram.com/p/CVAEIBAr44J/

    Kim Ju Ren sahifasi eng ko‘p sahna orti aks etgan postlarga ega. Aktrisa, shuningdek, o‘z ishini muntazam ravishda baham ko‘rib, kuzatuvchilar bilan yaqin aloqada bo‘lishga harakat qiladi.

    Mavzuga doir:

    • “Kalmar o‘yini” seriali Netflix rekordchisiga aylandi
    • “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlari kiygan oq sliponlar savdosi 7800 foizga o‘sib ketdi
    • Netflix “Kalmar o‘yini” serialiga bag‘ishlangan kolleksiyani taqdim etdi. Uni o‘ziga xos tarzda bezash mumkin
    • Netflix “Kalmar o‘yini” serialida ko‘rsatilgan telefon raqamni o‘zgartiradi. Uning haqiqiy egasiga har kuni minglab qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda
    • “Kalmar o‘yini” — butun dunyoni zabt etayotgan Janubiy Koreya seriali. Internet fenomeniga aylangan kartinani ko‘rish uchun 7 sabab

    20.10.2021, 08:50   Izoh (0)   39988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kalmar o‘yini” Netflix’ga 900 mln dollarga yaqin foyda keltirishi ma’lum bo‘ldi

    19.10.2021, 18:51

    Serqirra ijodkorlar: suratga tushish jarayonida kuylay olish qobiliyatini namoyon qilgan aktyor va aktrisalar (video)

    18.10.2021, 17:54

    Robert Pattinson ijrosidagi “Betmen”ning yangi treyleri chiqdi. Unda Mushuk ayol va Pingvinning yangi kadrlari ko‘rsatilgan

    18.10.2021, 10:26

    Ajoyib sujetga ega ekani bilan tomoshabinda qayta va qayta ko‘rish istagini uyg‘otuvchi 14 turk seriali

    17.10.2021, 18:51

    Sinchkov tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan film va seriallardagi kamchiliklar (foto)

    16.10.2021, 13:49

    Makoley Kalkin o‘zining “Uyda yolg‘iz” remeykiga qaytishi to‘g‘risida tarqalgan savollarga javob berdi

    15.10.2021, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzaxda 8 nafar qiz “er qidirib” yurgani yuzasidan izoh berildi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 18:05

    Butun dunyo izidan quvayotgan 5 ta noyob Labubu: nega ular bu qadar qimmat?

    Layfstayl | 18 iyun, 17:59

    Indoneziyada Leotobi vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 18 iyun, 17:50

    Xorazmda Tico ag‘darilib ketishi oqibatida 18 yoshli yigit halok bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 17:40

    AQSHda o‘lgan ayol farzand dunyoga keltirdi

    Dunyo | 18 iyun, 17:31

    “Pokistondagi sulhda AQSHning vositachiligi bo‘lmagan” — Narendra Modi

    Dunyo | 18 iyun, 17:22

    Mohidavronning sodiq xizmatkori — Gulshoh xotun obrazi bilan tanilgan Nihan Buyukaach haqida nimalar ma’lum?

    Kino | 18 iyun, 16:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.