• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Ajoyib sujetga ega ekani bilan tomoshabinda qayta va qayta ko‘rish istagini uyg‘otuvchi 14 turk seriali

    Aktyorlar mahorati, o‘ziga xos sujet va operatorlik ishi bilan tomoshabinlarni ekran qarshisiga mixlab qo‘yishi mumkin bo‘lgan seriallar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

    “Qora-oq sevgi” (2017–2018)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 8,1

    Odamlar hayotini saqlab qoladigan muvaffaqiyatli shifokor qiz boshqalar jonini olishdan tap tortmaydigan yigit bilan tanishadi. Tasodifan yo‘llari kesishgan boshqa-boshqa olamga mansub ikki yosh o‘rtasida vaqt o‘tishi bilan sevgi alanga ola boshlaydi. Ular shunchalik bir-biridan farqli ekanidan bir qarashda munosabatlari uzoqqa bormaydigandek tuyuladi. Ammo hammasi boshqacharoq bo‘lib chiqadi.

    “Ada masali” ( 2021)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 8,2

    Haziran ismli qizga, u ishlaydigan tashkilotdan Adadagi badavlat kimsaning yerini o‘zlashtirish vazifasi yuklatiladi. Buning uddasidan chiqishiga biroz qolganida ziyofatlardan birida o‘zi bilmagan holda o‘sha yigit bilan tanishib qoladi. Ularni nima bog‘lab turganini hatto xayoliga ham keltirolmagan juftlik bir-biriga oshiq bo‘ladi. Ammo kunlardan bir kun qizning nima uchun Adaga kelgani va maqsadi nima ekani fosh bo‘ladi.

    “Tong qushi” (2018–2019)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,4

    Sanem ismli qiz moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun opasi ishlaydigan reklama agentligiga ishga kiradi. Ochiqko‘ngil, samimiy qahramon faoliyat yuritayotgan agentlik rahbarini yaxshi ko‘rib qoladi. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik qiziqarli voqealarni boshdan kechiradi. Tomoshabinlar 51 qismdan iborat serialni ko‘rish davomida baxtga erishish oson bo‘lmasligi, ko‘p sinovlarga duch kelish mumkinligiga amin bo‘ladi.

    “Malikam, menga qara” (2016–2017)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,7

    Kichik shaharchadan Istanbulga ko‘chib kelgan qiz o‘zi ishga kirgan korxona rahbari bilan tortishib qolish orqali tanishadi. Bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftlik ijtimoiy kelib chiqishi turli ekani sabab uzoq vaqt birga bo‘la olmaydi.

    “Qurilish: Usmon” (2019)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reyting — 7,9

    “Qurilish: Usmon” seriali “Tirilish: Ertug‘rul”ning sikveli. Unda jasur Usmonning boshqaruv davri o‘z aksini topgan. Serialda uning nafaqat faoliyati, balki yaqinlari bilan munosabatlari ham o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib berilgan. Qolaversa, muxlislar tomosha qilish davomida sevgining qanchalik muhim ekani, insonning hayotga boshqa nazar bilan qarashga undashiga guvoh bo‘ladi.

    “Jasur va go‘zal” (2016–2017)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,1

    Muvaffaqiyatga erishgan biznesmen yigit oilasining alamini olish uchun kichik shaharga borishga qaror qiladi. U yerda go‘zal va aqlli qizni yaxshi ko‘rib qoladi. Qiz ham unga nisbatan ayni tuyg‘ularni his qiladi. Ammo tasodifan yigit sevgilisining qasos olish uchun kelgan kishining qizi ekanini bilib qoladi.

    “Quzg‘un” (2019)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,7

    Mazkur serialning sujeti ham “Jasur va go‘zal”nikiga o‘xshab ketadi. Bolaligidan otasining qasosini olishni diliga tugib katta bo‘lgan yigit buning uchun hamma rejalarini shay qilib qo‘yadi. Endigina ishga kirishaman deganida o‘zi bilmagan holda bir qizga oshiq-u mubtalo bo‘lib qoladi. Keyinchalik o‘sha qiz bir vaqtlar otasiga yomonlik qilgan kishining dilbandi ekani ma’lum bo‘ladi. Shundan keyin eng qizig‘i boshlanadi.

    “Vatanim sensan” (2016–2018)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 8,2

    Voqealar rivoji mamlakat uchun oson bo‘lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Serialning bosh qahramoni bo‘lgan harbiy va uning sodiq rafiqasi bir-biri bilan ajrashishga majbur bo‘ladi. Xizmat vazifasi bilan oilasidan uzoqda bo‘lgan harbiyning yaqin do‘sti uning rafiqasiga ko‘z olaytira boshlaydi.

    “Shaxsiyat” (2018)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 9,1

    Avvalroq sud ekspertizasida faoliyat yuritgan qahramon Alsgeymer kasalligi tufayli nafaqaga chiqishga majbur bo‘ladi. Shundan keyin u tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi ishlarga qo‘l ura boshlaydi. Serialning har bir qismida rahm-shafqat nimaligini bilmaydigan qariyaga duch kelgan qurbonlar haqida hikoya qilinadi.

    “Fi, Chi, Pi” (2017–2018)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,8

    “Fi, Chi, Pi” Azra Koxenning asari asosida suratga olingan. Uch qismdan iborat serialdagi voqealar to‘satdan o‘z sevgisini topgan yosh balerina qiz atrofida ro‘y beradi. Go‘yoki shundan keyin iziga tushishi kerak bo‘lgan qizning hayoti aksincha ostin-ustin bo‘lib ketadi.

    “Hayot qo‘shig‘i” (2016–2017)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,7

    Serialda aloqalari yo‘qolib ketmasligi uchun bolaligida bir-biri bilan quda bo‘lishga so‘z bergan do‘stlar haqida hikoya qiladi. Farzandlari voyaga yetganidan keyin otalarining niyatini xabar topadi va hayotlarini o‘zlari xohlagandek qurish uchun qo‘lidan kelgan hamma narsani qiladi.

    “O‘limga qadar” (2017)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,2

    Serialdagi bosh qahramon bir qizga oshiq-u mubtalo bo‘lib qoladi. Ularning to‘yi kuni qizning otasi vafot etadi va uning o‘limida bo‘lajak kuyov ayblanadi. Shundan keyin yigit umrining 11 yilini qamoqxonada o‘tkazadi. Agar jozibali advokat qiz yordamga kelmaganida ozodlikka chiqishini yana uzoq vaqt kutishiga to‘g‘ri kelardi. Qiz uni aybsizligini isbotlab, qahramonni o‘ziga maftun qilishning ham uddasidan chiqadi.

    “Sukunat” (2012)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 8,4

    “Sukunat”da qiyin vaziyatda qolgan 4 nafar do‘stlar haqida hikoya qiladi. Ozodlikdan mahrum qilingan yigitlar u yerda ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Qamoqdan chiqqanidan keyin esa do‘stligini davom ettira olmasligini tushunib yetadi va yo‘llari ayro bo‘ladi. Ammo bir kun kelib taqdir ularni yana uchrashtiradi.

    “Taqdir o‘yini” ( 2021)

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    IMDb reytingi — 7,5

    Turkiyalik qiz albaniyalik yigitga turmushga chiqadi. Ammo vaqt o‘tganidan keyin yigit unga Turkiya fuqaroligini olish uchungina uylangani ma’lum bo‘ladi. Shunga qaramay, u sevgisi uchun kurashishga ahd qilib, yigit faoliyat yuritadigan firmaga ishga kiradi. O‘zi bilmagan holda firmaning yangi rahbariga oshiq bo‘lib qoladi, yigit ham unga nisbatan ayni tuyg‘ularni his qiladi.

    Mavzuga doir:

    • 2021-yilda suratga olingan hamda tomosha qilish tavsiya etiladigan turk seriallari (foto)
    • 2021-yil bahor mavsumida yakunlanayotgan uchta mashhur turk seriali
    • Tomoshabinni “ekranga mixlab qo‘yadigan” turk seriallari

    17.10.2021, 18:51   Izoh (0)   36976
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sinchkov tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmagan film va seriallardagi kamchiliklar (foto)

    16.10.2021, 13:49

    Makoley Kalkin o‘zining “Uyda yolg‘iz” remeykiga qaytishi to‘g‘risida tarqalgan savollarga javob berdi

    15.10.2021, 16:56

    “Kalmar o‘yini” seriali Netflix rekordchisiga aylandi

    14.10.2021, 15:59

    “Uyda yolg‘iz” remeykining birinchi treyleri paydo bo‘ldi (video)

    13.10.2021, 21:57

    Dueyn Jonson o‘zini rep yo‘nalishida sinab ko‘rdi. Artist Tech N9ne’ning qo‘shig‘ida paydo bo‘lgan

    12.10.2021, 21:57

    Jorj Kluni AQSh prezidenti bo‘lish rejasidan voz kechdi

    12.10.2021, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda gumonlanyotgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 22:55

    So‘rovnoma: 60 foiz amerikaliklar AQSHning Eron-Isroil mojarosiga aralashishiga qarshi

    Dunyo | 18 iyun, 22:45

    O‘zbekiston Kubogi. “Sho‘rtan” va “Bunyodkor” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

    Sport | 18 iyun, 22:38

    62 yoshli Tom Kruz karyerasidagi ilk “Oskar” mukofotini oladi

    Layfstayl | 18 iyun, 22:35

    Parkentda qiymati 1,8 mlrd dollarlik 52 ta loyiha amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 22:23

    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

    Reklama | 18 iyun, 21:00

    So‘qoq somsa ham geografik ko‘rsatkich sifatida patentlandi

    O‘zbekiston | 18 iyun, 22:16

    “Migrantlarimizga yangi mehnat bozorini topishimiz kerak” — Rasul Kusherbayev Rossiyada qiynalayotgan hamyurtlarimiz haqida gapirdi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 22:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.