20-oktabr kuni Jurabek Laboratories MChJ qo‘shma korxonasida tayyorlangan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2 755 820 dozasi emlash uchun topshirildi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Shunday qilib, O‘zbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 34 951 358 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan:

Shundan hozirga qadar vaksinalarning 24 506 587 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan o‘zbek-xitoy vaksinasining 1 458 820 dozadan iborat birinchi partiyasi 30-sentabr kuni topshirilgandi. 13-oktabr kuni ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi partiyasi ishlab chiqarilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berilgan edi.