21-oktabr kuni Sinovac vaksinasining 912 ming dozasi COVAX platformasi orqali O‘zbekistonga yetib keldi, deb xabar beradi YuNISEF O‘zbekiston.

Foto: YuNISEF O‘zbekiston

Eslatib o‘tamiz, 20-oktabr kuni ham COVAX dasturi doirasida Sinovac vaksinasining 864 ming dozalik partiyasi olib kelingandi.

Ma’lumot uchun, COVAX ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirishni qo‘llab-quvvatlash va markazlashgan xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha mexanizm hisoblanadi. Hozirgi paytga qadar mazkur tashabbusga 180 dan ortiq davlat qo‘shilgan.

Foto: YuNISEF O‘zbekiston

“YuNISEF va hamkorlar COVID-19 ga qarshi vaksinalarni O‘zbekiston xalqi uchun yanada yaqinroq qilish operatsiyasida ishtirok etishdan mamnun”, — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, mamlakatda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 32 195 538 dozani tashkil qilmoqda.

Foto: YuNISEF O‘zbekiston

Foto: YuNISEF O‘zbekiston

Ulardan:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga Xitoyning koronavirusga qarshi Sinovac vaksinasi keltirilishi mumkinligi haqida 2021-yilning may oyida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qilgandi. “Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, COVAX dasturi doirasida Xitoyning ‘Sinofarm’ firmasida ishlab chiqarilgan vaksina — Sinovac vaksinasi O‘zbekistonga olib kelinishi ehtimoli bor”, — degan edi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda. 13-oktabr kuni esa Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19 ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan 200 ming doza Sinovac vaksinasi olib kelingan edi.