“Jurabek Laboratories” farmatsevtika korxonasi ZF-UZ-VAC2001 — o‘zbek-xitoy vaksinasining navbatdagi partiyasini ishlab chiqardi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ushbu vaksinaning 1 219 510 dozalik ikkinchi partiyasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi.

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan o‘zbek-xitoy vaksinasining 1 458 820 dozadan iborat birinchi partiyasi 30-sentabr kuni topshirilgandi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 29 893 038 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:

  • 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
  • 23 177 998 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 720 500 dozasi “Sputnik V”,
  • 3 000 060 dozasi Moderna,
  • 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech,
  • 200 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.

Shundan 22 956 058 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 5 328 121 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.