• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sitsiliyaning Kataniya shahrida cho‘qintirgan otalar vaqtinchalik taqiqlandi. Bu qisman mafiya bilan bog‘liq

    Italiyaning Sitsiliya orolidagi Kataniya shahrida katolik yeparxiya (yepiskop qo‘l ostidagi cherkov okrugi) oktabrdan cho‘qintirgan ota-onalarni tayinlashni uch yilga taqiqladi. Bu haqda The New York Times’ning Rimdagi idorasi rahbari Jeyson Gorovits ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

    Kataniya

    Kataniya
    Foto: Traveltipy

    Kataniyaning bosh vikariysi (yepiskop o‘rinbosari) Salvatore Gristina taqiq haqida 2021-yil martidayoq e’lon qilgan edi. Uning aniqlik kiritishicha, qachonlardir diniy tarbiyada muhim rolni o‘ynagan cho‘qintirgan ota timsoli endi o‘zining har qanday diniy ma’nosini yo‘qotgan. U shunchaki rasmiyatchilikka yoki oila sharoitini mustahkamlash usuliga aylanib qolgan. Cho‘qintirgan ota bo‘lishga nufuzli odamlarni taklif qilishadi, ularning esa boshqa o‘nlab cho‘qintirgan farzandlari bo‘ladi, deydi katolik cherkov vakillari.

    Masalan, Salvatore Gristinaning o‘zi 15 nafar bolaga, Sitsiliya sobiq prezidenti Salvatore Kuffaro esa qariyb 20 bolaga cho‘qintirgan ota bo‘lib tutingan. Shu bilan birga, Kuffaroning so‘zlariga ko‘ra, u cho‘qintirgan ota bo‘lish haqida o‘ziga kelib tushgan takliflarning atigi 5 foizini qabul qilgan, xolos. “Ba’zi ruhoniylar nima deb o‘ylashidan qat’i nazar, men cho‘qintirgan farzandlarimning hammasiga e’tibor qaratganman va ularga katolik maktabga borish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatganman”, — dedi Sitsiliya sobiq prezidenti.

    Cho‘qintirgan ota timsoli o‘zining diniy ma’nosini yo‘qotgan bo‘lsa-da, u Sitsiliya oilalari o‘rtasida muhim bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda. Kataniyalik baliq sotuvchi Nino Sikalining aytishicha, uning o‘zi cho‘qintirgan ota bo‘lganidan keyin butun umr cho‘qintirgan farzandining otasiga moliyaviy yordam berib kelgan. U Sikaliga 12 ming yevro qarzini bermasdan o‘lib ketgan.

    Cho‘qintirgan ota timsolining ijtimoiy ahamiyatidan mafiya foydalanadi, bu Kataniyadagi taqiqda o‘z rolini o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Italiyalik prokurorlar jinoyat olamidagi “kattalar” kimga cho‘qintirgan ota bo‘lib tutinganini kuzatib borib, ularning ta’sir doirasi qamrovini aniqlaydi. Italyan mafiyasi haqidagi eng mashhur film — “Cho‘qintirgan ota”da ham cho‘qintirish sahnasi alohida ahamiyatga ega.

    2017-yilda sitsiliyalik yepiskop Mikele Pennizi o‘z yeparxiyasiga kiruvchi Korleone shaharchasidagi ruhoniyni tanqid qilgan edi: u “Koza nostra” Sitsiliya jinoiy guruhi sobiq xo‘jayini Salvatore Riinaning o‘g‘liga Korleoneda tug‘ilgan bolalardan birining cho‘qintirgan otasi bo‘lishiga ruxsat bergan edi. Shu voqeadan keyin ko‘p o‘tmay, Pennizi o‘z yeparxiyasida mafiya a’zolarining cho‘qintirish marosimida qatnashishini 10 yilga taqiqladi.

    “Mafiya o‘z rahbarlariga diniy salobat berish uchun doim cherkovdan ‘cho‘qintirgan ota’ atamasini o‘zlashtirib kelgan, aslida esa bu ikki dunyo bir-biriga mutlaqo zid”, — dedi yepiskop Pennizi. U har doim mafiyaga qarshi bo‘lib kelgan, hatto 2008-yilda mafiya bilan aloqadorligi isbotlangan odamlarning dafn marosimlarida qatnashishini taqiqlab qo‘ygani sababli, tahdidlarga ham uchragan edi.

    Mafiya yetakchilarini cho‘qintirish marosimlaridan chetlatishga Italiya janubidagi Rejo-de-Kalabriya provinsiyasida ham urinib ko‘rishgan, u Sitsiliyadan Messina bo‘g‘ozi orqali ajratilgan bo‘lib, “Ndrangeta” guruhining vatani hisoblanadi. 2014-yilda yepiskop Juzeppe Fiorini Morozini cho‘qintirgan otalarni tayinlashga 10 yillik taqiq qo‘yishni taklif qilgan, buning sabablaridan biri sifatida ushbu timsol mafiya tomonidan ekspluatatsiya qilinayotganini aytgandi. Ammo uning taklifi Vatikanda qabul qilinmadi.

    The New York Times so‘rov o‘tkazgan Kataniya aholisi cho‘qintirgan ota-onalarni tanlashga qo‘yilgan taqiqqa turlicha munosabat bildirdi. Shahar cherkovlaridan birining ruhoniysi Anjelo Alfio Mangano uni tahdidlar bilan cho‘qintirgan ota roliga o‘z nomzodlarini tasdiqlashga majbur qilgan “diniy jihatdan shubhali personajlar”dan dam olishini aytdi.

    Ammo Kataniyaning oddiy fuqarolari bundan norozi bo‘ldi. “Bu yangilikdan hayratga tushdim. Yuragimizning tub-tubidan uning cho‘qintirgan otasi bor deb bilamiz”, — dedi o‘z o‘g‘lini cho‘qintirgan ota-onalarsiz ushbu marosimdan o‘tkazgan 21 yoshli Jalissa Testa. Kataniyaning ayrim fuqarolari, deb yozadi The New York Times, baribir bolalariga cho‘qintirgan ota-onalarni tanlash uchun shahar tashqarisidagi butxonalarda ularni cho‘qintirishni rejalashtirmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Neapolda mafiyaning 70 yoshli ayol rahbari hibsga olindi
    • Italiyada koronavirusga qarshi emlash kampaniyasini mafiya nazorat qilmoqda — OAV
    • Italiyada 45 kishi mafiyaga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi
    • Malika Annadan tortib Don Karleone obrazigacha. Gollivud kino tarixini o‘zgartirgan buyuk aktyorlar
    • “Mafiya o‘lmasdir”. “Cho‘qintirgan ota” romani haqida

    20.10.2021, 12:41   Izoh (0)   14352
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyada koronavirusning delta shtammdan ham yuqumliroq yangi turi tarqalmoqda. U Isroilda ham aniqlandi

    20.10.2021, 10:39

    Shifokorlar qamoqxonada ochlik e’lon qilgan Saakashvilini kasalxonaga yotqizishni tavsiya qildi

    20.10.2021, 10:09

    Rossiyada koronavirus tufayli dam olish kunlari e’lon qilinadi. Moskvada bir kunda qariyb 1600 kishi kasalxonaga yotqizilgan

    20.10.2021, 09:38

    Latviyada 21-oktabrdan qat’iy lokdaun kiritiladi. Mamlakat koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi

    19.10.2021, 18:23

    Misrda cheklovlar kuchaytirildi, Belarusda rejali tibbiy yordam to‘xtatildi, pandemiya qachon tugaydi? Koronaxabarlar

    19.10.2021, 17:38

    Shimoliy Koreya suvosti kemasi uchun mo‘ljallangan ballistik raketani sinagan bo‘lishi mumkin

    19.10.2021, 14:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.