Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Bollivud aktrisasi Juhi Chavla 19-oktabr — tug‘ilgan kunini nishonlayotgan aktyor Sanni Deolni tabrikladi.

Foto: Instagram

Rejissor Zulfiqor Musoqovning ikki kinoqahramoni hayotda uchrashdi.

Foto: Instagram

Alisher Uzoqov tomchi ukol olayotgan “Dizayn” kulgi jamoasi vakili Abdurahmon Mavlonovga yana bir ukol qo‘ymoqchi bo‘ldi va uni qo‘rqitib yubordi.

Dilso‘zning to‘ng‘ich qizi 6 yoshga to‘ldi.

Foto: Instagram

Kamila Gimandinova balandlikdan sakragani aks etgan videoni sahifasiga joylab, uni “hayotimdagi eng yaxshi kun”, deb nomladi.

Bahora Arslonova turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Aktrisa Aziza Yoqubova rulda telefonda gaplashib, bundan tashqari xavfsizlik kamarini taqmay ketayotganida YPX xodimi to‘xtatgani, ammo qo‘yib yuborgani haqida so‘zlab berdi.

Gulchehra Eshonqulova qachonlardir qizli bo‘lishni orzu qilgani va ushbu orzusi ushalganidan baxtiyor ekanligini yozib qoldirdi.

Foto: Instagram

Botir Qodirov san’atdagi tanish-bilishchilik haqida fikr bildirdi.

Saida Saidbekova yangi serialda suratga tushmoqda.

Foto: Instagram

Kaniza sport zaliga borib, shug‘ullanayotganida o‘zini videoga olgan ayolning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, janjal ko‘tardi.

Umidaxonning “Yomg‘ir” qo‘shig‘iga ishlangan klip taqdim etildi.

Taniqli aktyor Rustam Sa’dullayev Munisa Rizayeva oilasining yaqin do‘sti hisoblanadi. Aktyor xonandaning kuzatuvchilariga u haqdagi fikrlarini so‘zlab berdi.