Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

11-oktabr kuni Yulduz Usmonovaning turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Mansur Agaliyev tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Nilufar Usmonova Mansur Agaliyevni ta’sirli tarzda tabrikladi.

Foto: Instagram

Shohruxxon “Tik Tok” qo‘shig‘iga ishlangan klipni oila a’zolariga birinchi bo‘lib namoyish etdi.

Gulsanam Mamazoitova jiyani va kuyoviga baxt tiladi.

Foto: Instagram

Dildora Niyozova “Yolg‘iz ayol” qo‘shig‘iga ishlangan ta’sirli klipni taqdim etdi.

Davron Kabulov va boshlovchi Zara birgalikda to‘y xizmatida bo‘ldi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Imronning bir guruh muxlisalari qurshovida “Ko‘rmasam bo‘lmas” qo‘shig‘ini jonli ijro etayotgani aks etgan video tarqalmoqda.

Yulduz Rajabova folloverlariga yangi suratini taqdim etdi.

Foto: Instagram

Turk kinosining yulduzli juftligi Kadir Dog‘ulu va Neslihan Atagul Dubayda.

Foto: Instagram

Aktrisa Zara G‘aniyeva o‘zi bosh rolni ijro etgan “Adovat” serialining suratga olish jarayonidan videoni sahifasiga joyladi.

Shahzoda Matchonova milliy liboslarda fotosessiya uyushtirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Hind kinosining tirik afsonasi Amitabh Bachchan 11-oktabr kuni 79 yoshni qarshi oldi. U o‘zini tabriklash uchun uyi oldiga kelgan muxlislariga birrovga ko‘rinish berdi.

Feruza Normatova yaxshi insonlardan minnatdorligini bildirdi.

Foto: Instagram