Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Har yomg‘irdan keyin quyosh chiqadi”, demoqda Yulduz Rajabova.

Foto: Instagram

Ruxshona folloverlaridan nima ovqat qilishganini so‘radi.

Foto: Instagram

Shahzoda o‘g‘li Xalidning tug‘ilgan kunini nishonladi.

Foto: Instagram

Turk aktrisasi Eda Eje sahifasiga yangi suratini joyladi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva va Moon Band ijrosidagi “Qaytmaydi kech” deb nomlangan qo‘shiqqa ishlangan klip taqdim etildi. Unda Munisa Rizayeva terrorchini sevib qolgan ichki ishlar organi xodimi obrazini gavdalantirgan.

Feruza Normatova “O‘rangan qizlar to‘yga chiqmaydi”, qabilidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Zohirshoh Jo‘rayev to‘yda “O‘zbegim” qo‘shig‘i muxlislar tomonidan qanday kutib olingani aks etgan video bilan bo‘lishdi.

Fahriye Evjen ham muxlislariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Dildora Niyozova qizalog‘i Muslimaning tug‘ilgan kunini nishonladi. Tug‘ilgan kunda Timur Rahmonov “Qizalog‘im” qo‘shig‘i bilan xizmatda bo‘ldi.

Asal Shodiyeva yangi fotosessiyasini muxlislari e’tiboriga havola etdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Sevinch tomchi ukol olayotgani aks etgan videoni sahifasiga joylab, biroz tobi yo‘qligini bildirdi.