• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saylov — bu tanlov mas’uliyati demakdir

    So‘nggi vaqtlarda turli ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan saylovoldi jarayonlarni teatrlashgan sahnaga qiyoslash, bunday tadbirlarda qatnashish uchun aholi majburlanayotganligi, ayniqsa, O‘zLiDePdan boshqa partiyalarning saylovoldi uchrashuvlariga aholining qiziqmayotganligi va mutassaddilar tomonidan ularni qatnashish uchun majburiy choralar ko‘rilayotganligi haqida turli mish-mishlar, ba’zi noxolis va asoslanmagan xabarlar uchray boshladi. Endi ushbu xabarlarni birma-bir tahlil qilsak.

    Bektosh Berdiyev.

    Bektosh Berdiyev.
    Foto: O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi

    O‘zbekiston saylov qonunchiligida nomzodlar va ularning ishonchli vakilllarining saylovchilar bilan uchrashuvlari borasidagi huquqiy me’yorlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ayniqsa, shu kunlarda bo‘lajak saylovlarga jamoatchilikning qiziqishi ham o‘zining avj pallasiga bo‘y cho‘zmoqda. Ko‘cha-kuyda, mahallalarda, to‘yu-tomoshalar deymizmi, choyxonalarda odamlarning saylov masalalarini muhokama qilayotganliklariga ko‘p bora duch kelyapmiz va bu holat aslida tabiiy jarayon sifatida qaralmog‘i kerak. Chunki, jamiyatning siyosiy madaniyati va ongi yuksalib borayotgan bunday sharoitda, odamlar saylovoldi jarayonlarni anglashi, qaror qabul qilishlari uchun kerakli ma’lumotlarni, axborotlarni biz yuqorida sanab o‘tganimiz, turli an’anaviy kanallar orqali olishi ham davom etmoqda. Turli OAVlar bilan bir qatorda, paydo bo‘lganligiga unchalik ko‘p bo‘lmagan axborot tarmoqlari, aniqrog‘i, ijtimoiy tarmoqlarning ham bu jarayonlaridagi roli alohida bo‘layotganligini e’tirof etish joiz.

    Ma’lumki, saylovoldi jarayonlar bu safar juda qizg‘in va turli siyosiy jarayonlarga boyligi bilan o‘tgan galgi barcha saylovlardan alohida ajralib turibdi. Beshta partiyaning har biri o‘z nomzodini ilgari surganligi, ularning esa har biri davlat va jamiyat boshqaruvida, ilm-fan va siyosat sohasida taniqli, o‘z o‘rniga ega, ijtimoiy-siyosiy faol yetakchilar ekanligini ham e’tirof etish kerak. Ularning har biri O‘zbekistonning turli hududlariga borib, saylovchilar bilan uchrashayotganliklari, shuningdek, ularning ishonchli vakillari tomonidan ham targ‘ibot-tashviqot ishlari samarali olib borilayotganligiga guvoh bo‘lyapmiz. Eng qizig‘i, bunday tadbirlarda qatnashish uchun jamoatchilikning oqib kelayotganligidir.

    Odamlar har bir nomzodning o‘zini tutishi, gap-so‘zlarining salmog‘i, berayotgan va’dalarining hayotiyligini o‘zlaridan eshitib, tahlil qilayotganliklarini, nomzodlarni bir-birlari bilan solishtira olish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari ham bu yilgi saylov jarayonlarining asosiy ustun tomonlaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Nomzodlar bilan uchrashuvlarning tashkil qilinishi, ular bilan savol-javoblar, ularning dasturlarini tinglash, uchrashuvlarning formati, aholi o‘zini qiziqtirgan muammolar, masalalar yuzasidan nomzod bilan suhbatlashishi va xokazolar saylov jarayonlariga alohida mazmun bag‘ishlamoqda.

    Nomzodlarning saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surayotgan g‘oyalari, maqsadlari ham turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Jamoatchilik gohida ularning nutqlarida shunchaki populizm borligini anglab yetayotgan bo‘lsa, gohida ularning va’dalariga ishonayotganliklarini va ularni turli ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilayotganliklarini ko‘rib turibmiz.

    Misol uchun, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov saylovoldi targ‘ibot ishlarida o‘zining asosiy raqobatchisi sifatida Shavkat Mirziyoyevni ko‘rayotganligi jamoatchilik tomonidan istehzo bilan kutib olingan va ko‘plab mutoyibalarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, Xalq demokratik partiyasi nomzodi Maqsuda Vorisovaning davlat tomonidan narx-navo ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishi borasidagi tashabbuslari ham turli qatlamlar tomonidan turlicha muhokamalarga sabab bo‘ldi.

    “Adolat”chi Bahrom Abduhalimovning sitilardan tortib, monopoliyalarni tugatishgacha bo‘lgan tashabbuskor chiqishlari jamoatchilik tomonidan ishonqiramagan holatda kutib olindi va nomzodga “ilmu-fan sohasining odami”, shuning uchun davlat va jamiyat boshqaruvidan “yiroqroq” yetakchi sifatida yondashildi. Mamlakatning butun hayotini ekologiya bilan bog‘laydigan, atrof-muhit va tabiatni asrashga qat’iy bel bog‘lagan yetakchi, Ekologik partiya nomzodi Narzulla Oblomurodovga odamlarning qiziqishi bir muncha ortdi. Lekin uning “yashil iqtisodiyot” borasidagi qarashlari jamoatchilikning e’tiborini to‘liq o‘ziga torta olmadi va “bahsli masalalar” qatoridan o‘rin olmoqda.

    O‘zLiDeP nomzodi Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvlari esa eng qizg‘ini bo‘layotganligini, buning asosiy sababi sifatida milliy mentalitet, ikkinchidan, mamlakatning rahbari bilan uchrashuvga ommaning o‘ta qiziqishi, ommaning bunday tadbirlarga oqib kelishi fonida ro‘y bermoqda va bu ham tabiiy.

    Ammo, boshqa to‘rt nomzodning chiqishlari, xalq bilan uchrashuvlari borasida tarqalayotgan turli noxolis axborotlar esa ijtimoiy tarmoqlarning ba’zi foydalanuvchilari tomonidan “shov-shuv” tarzida ko‘tarilmoqda. Gohida nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari uchun odamlar majburan jalb qilinayotganligi, ularning hammasi oldindan rejalashtirilgan, sahnalar maxsus tayyorlanganligi haqida, odamlarning ensasini qotiradigan kulgili xabarlarga ham duch kelyapmiz va buni ham har qanday saylov jarayonida ro‘y beradigan tabiiy jarayon sifatida qaraymiz.

    Demak, yuqoridagi voqeliklardan shunday xulosaga kelish mumkinki, siyosiy partiyalar tomonidan o‘tkazilayotgan saylovoldi tadbirlarga aholining majburan jalb qilinayotganligi, ularning teatrlashgan sahnalardagidek tomosha uyushtirilayotganligi haqidagi axborotlarning barchasi noxolis va asoslanmagan. Bunday xabarlar maqsadga yo‘naltirilganligi, O‘zbekistonda saylovoldi jarayonlarini obro‘sizlantirishga qaratilganligi, mamlakat saylov qonunchiligi va siyosiy partiyalar yetakchilari va nomzodlarining sha’niga daxl qilishni maqsad qilganligini anglab yetmoq lozim.

    Bektosh Berdiyev, O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi katta o‘qituvchisi

    17.10.2021, 11:11   Izoh (0)   15460
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 18-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    17.10.2021, 10:22

    Samarqandda bog‘cha bolalariga ajratilgan qariyb 5 kg go‘shtni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan xo‘jalik mudirasi va bosh oshpaz ishdan olindi

    17.10.2021, 09:26

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish va vaksinalar sotib olish uchun qo‘shimcha 1,3 trln so‘m ajratildi

    17.10.2021, 08:21

    O‘zbekistonda baliq mavsumi boshlandi. Butunligicha pishiriladigan Yallama baliqlari haqida reportaj

    17.10.2021, 07:34

    Istatistikaning ko‘rsatishicha

    16.10.2021, 23:59

    Istanbulning go‘zal manzaralari, jang maydoniga aylangan Bayrut ko‘chalari, shampan bilan nishonlanayotgan Nobel mukofoti. Hafta fotolari

    16.10.2021, 23:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.