• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Istatistikaning ko‘rsatishicha

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Istatistikaning ko‘rsatishicha

    Yubileyimiz munosabati bilan

    Istatistikasi bor bir millat oynasi bor bir qavm demakdir. Oynangiz qo‘lingizda bo‘lsa, shubha yo‘qki, diydori sharifingiz sayxonidagi barcha qing‘ir-qiyshuqliklarni ko‘rarsiz.

    Istatistika degan narsa xalqimizning tushiga ham kirmagan, ya’ni millati najibamiz1 bunday ne’mati ajibadan mahrum bo‘lsa-da, ammo bu o‘runda holi hoziramizning istatistikasidan ba’zi bir nimarsalarni “yumaloq-yassi” qilmoqchidirmiz-da! Ko‘b yaxshi gap.

    Mamlakatimizda nima bor, hayvonlar ijtimo‘idan2 ham foydalik bir hisob tuzub bo‘lurmi, deguchi sassiq takalar balki bor chiqar. Bu gap bir tomondan nechog‘liq to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchi tomondan shunchalik egridir. Negaki, hayvonlar ijtimo‘i degan jumlaning ifodasi omdir. Basharti umuman Turkiston hayvonlari ko‘bchiligini “ho‘kuz” deb aqida qilinsa-da, ular haqidag‘i hisob-u kitoblarni foydasizga chiqarilsa; ikkinchi tomondag‘i shu ho‘kuzlar yetakchisi bo‘lib ko‘ringan va o‘zlarini dono va donishmand olg‘an devsiyrat3, to‘ng‘uznamo, maymun qiliq, quyonsifat, bo‘ri kelish, tulki misol, ilon shuvish, baqa mijoz… afandilarning haqlariga xiyonat qilg‘an bo‘lurmiz.

    Demak, biz shu keyingi tasqaralar to‘g‘risida ijmolan4 bo‘lsa-da, bir istatistika jadvali tuzmakchidirmiz. Ma’lumki, bizning jamoat xodimi bo‘lib tanilg‘an kishilarimiz bir necha qismg‘a bo‘linadirlar:

    1. Siyosiyunlar.
    2. Muallimlar.
    3. Muharrirlar.
    4. Ziyoli yoshlar.
    Basharti bizda ham istatistika degan jonvor bor deb, ko‘z yumib, istatistika idorasiga kirgan bo‘lsaq, go‘yoki, shu idoradan o‘zimizning qiziqsing‘an ma’lumotimizni olub chiqqan ham bo‘lsaq, mana biz o‘zimizning o‘glon ko‘zlarimiz bilan nimalarni ko‘rgan bo‘lur edik:

    3789 bosh siyosiyun; bulardan to‘qson foizining bor-yo‘qlig‘i hech kimning ham ko‘ngliga kelmaydir, besh foizi tullakdan chiqmag‘an makiyon5, uch foizi mushkiliki6 ularga qanday hukm berishdan “Muxtasarul-viqoya”7 ham ojizdir, bir foizi haybarakalla8, bir foizi xom chuchvara.

    Mana bu hisobdan shu ehtiyoj his qilinardirki, to‘qsonni yo‘qsong‘a chiqarib qo‘yish, makiyonlarni uyurga qo‘shish, mushkillarni omolojeniye usuli bilan bir yog‘liq qilish9, haybarakallachilarga hubbulmulk10berish, xom chuchvaralarni qaynag‘an suvga solub olish kerakdir. Zeroki, tajribalarni ko‘rsatishicha, bizdagi yurak og‘rig‘i kasali shu xom chuchvaralardandir.

    Butun o‘lkadag‘i muallimlar soni 17 855 dir. Bulardan 57 foizi eski go‘ng (bularni yerga solinsa-da, tappi qilinsa-da, musta’iddirlar)11, 17 foizi yangi axlat, o‘n foizi palag‘da, sakkizi poynak12, oltisi moyak13, uchi puchak, birining o‘ndan birisi sarak14, qolg‘ani ko‘rakda turmayturg‘an pachoqdir. Shuning uchun “Bo‘lmag‘anga bo‘lishma” qabilida ochilg‘an o‘rta maktablar “Dorul-egov”lardan chiqub kelgan mullabachchalarni odam aftiga olishqa, buning uchun qirq sakkiz sinflik tahririyalar15 ochishqa va shundan so‘ng asosini boshlashqa mukallafdirlar16.

    Matbuotimizning qon tomiri bo‘lg‘an muharrir va shoirlar soni… (bay-bay-bay; pishti kabob, pishti!..) Oqmirzakarim aytar erdiki: “San xoro-o-o ban xoro”. Shunga o‘xshash man ham aytamanki, “Biz xoro-o-o, muharrir va shoir xoro!” To‘g‘risi jim-jimu tuya ko‘rdingmi, yo‘q; yopig‘liq qozon yopig‘liq!

    Munavvar ziyolilarimizning soni agarda istiloh topub17 o‘qushni eblasangiz 1900, 7000, 8000, 500 000 dir. Ochiqroq ta’bir qilg‘anda, “Hisobda ham yo‘q, kitobda ham yo‘q!” deb shunday sonlik hisobqa aytadirlar. Bu o‘rtoq madrasada sig‘ayi mubolag‘ani18 ko‘prak iste’mol qilg‘an ekan, deb balki mandan kularsiz. Lekin bu hisob mubolag‘a emasdir. Chunki bizning munavvarlarimizning har birisida ming emas o‘n ming hayvoni notiqning aqli, fikri, sezgusi, da’vosi va boshqa lash-lushi bordir. Mana shundan onglang‘an bo‘lsa kerakki, bizning so‘zimiz puch emas, kuchdir.

    1. Bu munavvarlarimizning asosiy mashg‘uliyatlari quyidag‘i rejada ko‘rsatiladir:
    2. O‘n besh foiz yoshlarning asosiy g‘oyalari ichkulukka;
    3. Yigirma besh foizning yaratilish sabablari o‘rus va boshqalarning fohishalariga;
    4. Yigirma besh foizning tug‘ilishi soch o‘sdirib, xina qo‘yub, yangi mo‘da kiyim bilan birga oqishqa;
    5. O‘n foizi quruq mahmadanagarchilikka;
    6. Qolg‘an yigirma besh foizning g‘oyalari NEPga chin o‘g‘ul bo‘lmoqqadir.19
    Bu o‘rungacha hisoblari ko‘rsatilgan xalq yetakchilaridan boshqa yana bir durkum oq salla, qora ko‘ngil munavvarlar bordirki, inqilobdan so‘ng e’loni iflos20 qilg‘anliqlaridan ularni hisobga olish va olmasliq “adamu vujud”21 bizningcha barobardir.

    Julqunboy

    “Mushtum”, 1924-yil 8-aprel, 25-son 2-3-betlar.


    Izohlar

    1 Najib — hurmatli, mo‘tabar.

    2 Ijtimo‘ — guruh, to‘da, poda.

    3 Devsiyrat — devga o‘xshash, yo‘g‘on-elpi.

    4 Ijmol — qisqa, muxtasar.

    5 Foydasiz, hosilsiz demoqchi.

    6 Mushkil — xunasa.

    7 “Muxtasarul-viqoya” — faqih Burxoniddin al-Marg‘inoniyning (vafoti 1197) “Hidoya” nomli fiqh asariga yozilgan sharh kitobi, muallifi Ubaydulla ibn Mas’ud al-Mahbubiy.

    8 Haybarakalla — laganbardor, mansabparast.

    9 Yoshartirish; bu yerda erkaklashtirish lozim demoqchi.

    10 Hubbulmulk — mansabparastlik.

    11 Mustaid — loyiq, munosib.

    12 Poynak — darz; yirtiq.

    13 Moyak — asl emas, yaroqsiz.

    14 Sarak — butun, sinmagan tuxum.

    15 Tahrir — tuzatish.

    16 Mukallaf — vazifador, burchli.

    17 Istiloh — termin, atama.

    18 Sig‘ai mubolag‘a — oshirib-toshirish, ko‘pirtirish.

    19 “Harbiy kommunizm” siyosati yoki uning bir oz yengil nusxasi bo‘lgan “Yangi iqtisodiy siyosat” davri, umuman olganda, Turkiston xalqining ijtimoiy-iqtisodiy turmush tarziga yot bir tartib edi. Muallif bu yerda shaxsiy foydalarini ko‘rib, lekin umumiy zararni ko‘rmay, bu siyosatni targ‘ib qilib yurgan ayrim turkistonlik to‘tiqush ziyolilarimizdan kinoya qilib o‘tadi.

    20 E’loni iflos — singanligini, yaroqsizligini e‘lon qilish (masalan siyosiy maydonda).

    21 “Adamu vujud” — bor-yo‘qligi, o‘lik-tirigi.

    16.10.2021, 23:59   Izoh (0)   35144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Istanbulning go‘zal manzaralari, jang maydoniga aylangan Bayrut ko‘chalari, shampan bilan nishonlanayotgan Nobel mukofoti. Hafta fotolari

    16.10.2021, 23:55

    Til, kitob, savodxonlik

    16.10.2021, 23:40

    16-oktabr — Butunjahon non kuni. O‘zbekistonda qanday nonlar tayyorlanadi? (fotoreportaj)

    16.10.2021, 22:51

    Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyiga tashrifidan so‘ng Toshkent viloyatiga safarini yakunladi

    16.10.2021, 22:48

    Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning “Iftixor” mahallasidagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi

    16.10.2021, 22:16

    O‘zbekiston maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi belgilandi

    16.10.2021, 21:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda kamida 14 kishi avtomobilda kanalga tushib ketdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 23:35

    Afg‘oniston va O‘zbekiston tadbirkorlari 20 mln dollarlik memorandum imzoladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 23:27

    Sirdaryoda 1,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:52

    Superliga. “Andijon” “Qo‘qon-1912”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 3 avgust, 22:35

    Avstraliyada 40 yilda ilk bor rekord miqdorda qor yog‘di (video)

    Dunyo | 3 avgust, 22:15

    “Rakurs” — zo‘ravonlik, ruhiy bosim va pedofilizm. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik nega ko‘paymoqda? (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 22:03

    Og‘ir jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 3 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 21:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.