• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Til, kitob, savodxonlik

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Til, kitob, savodxonlik

    Til — ongning, yozuv va kitob esa har ikkalasining amaliy, haqiqiy ifodasi ekanligi azaliy haqiqatdir. Shu jihatdan milliy til va yozuv bitilgan kitoblarni shunchaki savodxonlik belgisi deb izohlash, nari borsa, bir yoqlamalik bo‘lur edi: aslida ularni muayyan millatga mansub kishilar taraqqiyotining asosiy shartlaridan biri sifatida baholamoq zarur. Leninning milliy masalaga doir nazariy merosi, millatlar va tillar teng huquqliligini ta’minlash yuzasidan bergan amaliy maslahatlari ham shunday xulosa chiqarishga da’vat etadi.

    RKP(b)ning X, XII syezdlari milliy masala yuzasidan qabul qilgan lenincha qarorlar tufayli joylarda milliy tillarda o‘qish-o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. VKP(b) Markaziy Komitetining “Boshlang‘ich va o‘rta maktab to‘g‘risida”gi 1931-yil 25-avgust qarorida bu haqda shunday deyiladi: “… ona tilida o‘qitish Sovet Ittifoqining madaniy jihatdan eng qoloq bo‘lgan xalqlarini qamrab oldi va u 70 tilda olib borilmoqda”. Shu bilan birga Markazkom texnikum va oliy maktab uchun fan asoslarini (fizika, kimyo, matematika, ona tili, geografiya va b.) yaxshi biladigan to‘la savodli kishilarni tayyorlash masalasi qoniqarsiz hal etilayotganligini uqtirdi.

    O‘z-o‘zidan ravshanki, ta’lim-tarbiya tarmog‘i Vatanga savodxon kishilarni yetkazib bermog‘i uchun bilimning barcha sohalariga oid kitoblarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish talab etiladi.

    1922-yilning oxirida Moskvada Sharqiy Markaziy milliy nashriyot, 1924-yilda esa SSSR xalqlari Markaziy nashriyoti — “Центриздат” tuzilib, ommaviy-siyosiy, qishloq xo‘jaligi, ilmiy va o‘quv adabiyotlarni milliy tillarda chiqarish birmuncha tartibga solindi. “Центриздат” o‘z nashrlarini 1924-yilda 25 tilda chop etgan bo‘lsa, 1928-yilga kelib u 51 tilda 4 million nusxa darslik va o‘quv qo‘llanmasi yetkazib berdi.

    Milliy o‘lkalarda ham noshirlik ishi sotsialistik negizda qayta qurila boshladi. Masalan, Turkiston ASSRning Milliy ishlar xalq komissarligi huzuridagi nashriyot bo‘limi o‘zbek, tojik, qirg‘iz, turkman, qozoq tillarida varaqalar, risolalar chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.

    Biroq, ming afsuski, “millatlar otasi” Stalinning mamlakat rahbariyatidagi o‘rindig‘i daxlsiz bo‘la borgani sari lenincha siyosatni unutish shunchalik shafqatsiz tus olaverdi. Mavzu doirasida shuni aytish kifoyaki, 50-yillarga kelib o‘qish-o‘qitish ishlari atigi 50 tilda olib boriladigan bo‘lib qoldi, ya’ni yigirma yilda 20 millat na elat o‘z farzandlarini ona tilida tarbiyalash imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. 1928—1940-yillarda alifbesini avval lotin, so‘ngra rus grafikasi asosida “yaratish” oqibatida savod takror-takror xiralashavergan, endilikda hatto tarixiga, madaniyatiga tishi o‘tmaydigan xalqlar, jumladan O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Ozarboyjonning tub joyli aholisi ham generalissimus va uning gumashtalariga “xokisorlik” la’natini yog‘dirmoqdalar.

    Milliy tillarning kelajagiga to‘sqinlik, ya’ni ularga past nazar bilan qarash, yuqorida aytilganidek, 50-yillarda “yuksak cho‘qqiga” ko‘tarildi. “Печать СССР за 40 лет” (Moсква, 1957) kitobi ma’lumotlarida bunga yaqqol ishonch hosil qilish mumkin. Agar 1956-yili mamlakatda bosilgan kitoblar nomi 1925-yildagiga nisbatan 171,2 foiz ko‘paygan bo‘lsa, ruschadan boshqa tillarda chop qilinganlari 162 foiz o‘sdi. Soddaroq aytganda, bu tillarda adabiyot chop etish aholi sonining o‘sish sur’atlaridan sezilarli darajada past bo‘ldi, keskin kamaydi. Respublikamiz misolida uni tag‘in ham aniqroq tarzda izohlash mumkin. O‘sha yili O‘zbekiston SSRda 1396 nomda kitob bosib chiqarilgan bo‘lsa, buning 721 tasi rus tilida, 675 tasi o‘zbekcha, ya’ni ona tilimizdagi adabiyotlar ruschadagidan 46 nomga kam edi.

    Stalincha bedodlik davri o‘tib ketganidan so‘ng zang qoqishga hojat bormi, deguvchilar ham topiladi. Ammo shuni unutmaslik kerakki, “xalqlar dohiysi”ning tutimi yana uzoq yillar hukmron bo‘lib qoldi. N. S. Xrushchyov va L. I. Brejnev og‘izda uni qoralaganlari holda “yagona til”ning afzalliklarini “isbotlash” musobaqasida mislsiz pog‘onalarga ko‘tarildilar. Buning hosilasi o‘laroq yana 11 til maktablardan siqib chiqarildi va 80-yillarga kelib, o‘qish-o‘qitish asosan 39 tilda olib boriladigan bo‘ldi. Shunga muvofiq, noshirlik planlari ham “ixchamlashtirildi”. Aytaylik, 1986-yili respublikamizda chop etilgan kitoblar, risolalarning 44,5 foizi, jurnallar va boshqa davriy nashrlarning (gazetalardan tashqari) 35,6 foizi o‘zbek tilida chiqdi, xolos (“Народное хозяйство Узбекской ССР за 70 лет Советской власти”, Tашкент, 1987). Ijtimoiy adolat va milliy tenghuquqlik qonunlariga ko‘ra, aksincha bo‘lishi — respublika aholisining 75 foizi o‘zbeklar ekanligi e’tiborga olinishi shart emasmidi?

    Bugunga kelib yo‘l qo‘yilgan dahshatli xatoning (ham tarixiy saboqning) ildizlari-yu sabablarini axtarmoqdamiz. Adolat bilan hukm chiqarganda, butun aybni “yuqoriga” ag‘darish bilan o‘zimizni yupatishimiz ham insofdan emas, o‘sha “yuqori”ning yo‘talini respublikaga momaqaldiroq misol qilib yetkazadigan “arboblar” ko‘payib ketgan edi. O‘shalarning sa’y-harakati natijasida o‘zbek tiliga ehtiyoj susayib, ruscha nashrlarga talab ortayotganligi “har tomonlama asoslab berildi”. Chunonchi, 1970—1979-yillarda mamlakatimiz bo‘yicha rus kalomida erkin so‘zlaydiganlar (ruslardan tashqari) oldingidan 12 foiz ortgani holda O‘zbekiston SSRda bu ko‘rsatkich 39,9 foizni tashkil qildi va shu jihatdan biz hech ikkilanmay slavyanlarga (ukrainlar, beloruslar) tenglashib qoldik, ya’ni qo‘shib yozishlar davrining o‘sha aholi ro‘yxatida o‘zbeklarning yarmidan ko‘pi ruschada bemalol gaplashishi, bilim olishi, ijod qilishi mumkinligi qayd etildi. Ammo muhimi so‘nggi xulosa: kimki mansab, mol-mulk, besh kunlik ishrat niyatida internatsionalizmni soxta niqob etib, o‘z xalqining madaniyati bilan o‘ynashgan, uning tili, urf-odatlarini cheklashga yo‘l ochgan bo‘lsa, tarixning eng qora sahifalarini egalladi.

    Muammolar hali ko‘pligini, partiyamizning demokratiyani chuqurlashtirish, oshkoralikni yanada kengaytirishga qaratilgan siyosati tufayligina ular xususida mufassal muhokama yuritish imkoniga ega bo‘lganligimizni yoddan chiqarmasligimiz joiz. Til, kitob va savod masalasida to‘xtalayotgan ekanmiz, SSSR Ministrlar Soveti organi bo‘lmish “Правителственный вестник” haftaligi (1989-yil, 6-son)da bosilgan raqamlarni tilga olmasdan bo‘lmaydi. Ulardan anglashiladiki, rus tilida o‘qiydigan bolalar milliy tillarda ta’lim oladigan tengdoshlariga nisbatan darsliklar bilan durust ta’minlangan. Masalan, kimyo, chizmachilik, matematika, biologiya fanlari darsliklari rus maktablarida 0,6—1,5 foiz o‘quvchilarga yetishmaganligi holda milliy maktablarning 5,3—10,7 foizi shu xil kitoblarga muhtoj.

    Raqamlar zamiridagi haqiqatni bilishga intilar ekanmiz, respublikamizdagi vaziyat yanada chigalligini tan olmasdan iloj yo‘q. Bir tomondan, paxta yakka ziroatchiligi, ikkinchi yoqdan, darslik va qo‘llanmalar yetishmasligi natijasida, nari borsa, yettinchi-sakkizinchi sinf hajmida savod chiqargan o‘g‘il-qizlar texnikumlar-u, oliy o‘quv yurtlarining talabalari bo‘laverishdi. Ruschani-ku qo‘ya turing: ular o‘z ona tilisida — o‘zbek adabiy tilida yarim-yorti so‘zlashadilar. Oqibatda oliy maktab orqali xalq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan mutaxassislarimiz texnikum bitiruvchisi darajasidan, texnikum hujjatini olayotgan yoshlarimiz esa, hunar-texnika bilim yurti o‘quvchisi saviyasidan oshib o‘tolmayaptilar.

    To‘g‘ri, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tarmog‘ini bugunoq to‘lasicha milliy tillarga ko‘chirish kerak, deya shart qo‘yish burgaga achchiq qilib ko‘rpaga o‘t qo‘yishdek gap. Negaki, mashinasozlik, elektronika, transport kabi qator sohalarda avvalo shu tillarda o‘qitiladigan va o‘qita oladigan domlalarni tayyorlash, ayni chog‘da darsliklar-u, qo‘llanmalarni nashr etish zarur. O‘zbekiston SSR xalq ta’limi ministri o‘rinbosarlari M. Qoraboyev va M. Naumenkoning guvohlik berishlaricha (“Правда Востока” gaz. 1989-yil, 7-aprel), Toshkent davlat politexnika instituti o‘qitadigan 72 xil mutaxassislikning har qaysisi uchun 4—5 nomdagi asosiy hamda 10—12 nomdagi ixtisoslashgan darslik, qo‘llanma talab etilar ekan. Muxtasar aytganda, bu yerda barcha mutaxassisliklarni o‘zbekcha o‘qitishni yo‘lga qo‘ymoq uchun 1008— 1224 nomdagi kitobni shu tilga o‘girish lozim. Biroq bu umidsizlik tug‘dirmasligi, aksincha, imkoniyatlarni izlab ko‘rishga undamog‘i darkor. Qalovini topsang — qor yonar, deb bejiz aytmaganlar-ku. Masalan, tarmoqdagi ishga nafi kam tegadigan bo‘linmalarni qisqartirish evaziga Xalq ta’limi ministrligining o‘zida layoqatli muharrirlar, malakali tarjimonlar guruhini tuzish aslo qiyinchilik tug‘dirmaydi.

    Texnika fanlariga oid kitoblarni milliy tillarda ko‘plab chiqarishning o‘ng‘aysizliklari ham bor, albatta. Biroq yuzlab chizma, minglab har xil formula va tenglamalarni o‘z ichiga oladigan, oddiy matnli ijtimoiy-siyosiy adabiyotni yetarli darajada chop etishga nima xalal beradi? Shu o‘rinda yana bir tarixiy hujjatga nazar tashlaylik. Partiyamiz Markaziy Komiteti “Nashriyot ishi to‘g‘risida”gi qarori bilan Marks, Engels, Leninning asosiy asarlarini milliy tillarda nashr qilishni yo‘lga qo‘yish kerak, deb vazifa belgilaganiga 58 yil to‘layapti. Xo‘sh, ushbu banddan kelib chiqadigan ishlar qay tarzda bajarildi?

    Lenin to‘la asarlar to‘plami 55 tomga jamlab chiqarilganligining ahamiyatini so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi. U ona tilimizning imkoniyatlari naqadar kengligiga, buyukligiga yorqin isbot hamdir. Lekin K. Marks va F. Engelsdan hech bo‘lmasa hammabop 9 tomni (12 kitobni) o‘zbekchada chiqarishga jiddiy kirishilmayotganligi kishini ajablantiradi.

    Ijtimoiy fanlarni, jumladan KPSS tarixini o‘rganishdagi hangomalar hozir hech kimga sir emas. Yaxshiyamki, “VKP(b) tarixi qisqacha kursi” andozasida qoralab tashlangan “ilmiy asarlar”ni qiroat qilaverish oqibatida manqurtga aylanishimizga bir baxya qolganimizda vaqtli matbuot jonimizga oro kirdi. Ammo tariximizdagi “qora dog‘lar”ni oqartuvchi yangi materiallarning deyarli hammasi hali rus tilida. Shunday ekan, nashriyotlarimiz topshiriq kutish tarki odatidan uzil-kesil qutulishlari, Moskva, Leningraddagi hamkasblaridan o‘rnak olishlari lozim. “Высшая школа” salkam 37 bosma toboqli — “Учат уроки истории”ni, “Лениздат” “Страницы истории”ni va boshqalarni matbuot materiallari asosida to‘plab chiqara oldi-ku.

    Respublikamiz noshirlik ishida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy mavzudagi ilmiy yoki badiiy publitsistika namunalarini kitobxonlarga yaxlit holida yetkazib berishga e’tibor sust, desak g‘irt yolg‘on bo‘ladi. “O‘zbekiston” nashriyoti faqat o‘tgan yilning o‘zida dolzarb masalalarni qamrab olgan bir qancha to‘plam, jumladan, “Обновление”, “За социалную справедливость”, “Первыe шаги” kabi kitoblarni yetakchi gazetalarimizning materiallari asosida chop etdi. Lekin sarlavhalardan payqab oldingizki, ular ham rus tilida bo‘lganligi uchun kitob magazinlari javonlarida xaridor poylashga mahkum. “Mehnat” nashriyoti 1987-yili “Уроки хлопкового поля” kitobini chiqarayotganida qaysi toifadagi o‘quvchilarga mo‘ljallaganligini bilish ayniqsa muhimdir. Darhaqiqat, u kimga atalgan: paxta yakkaziroatchiligini tugatish yo‘llarini izlayotgan dehqonlarimizgami, qishloq xo‘jaligi o‘quv yurtlarining talabalarigami yoki… shunchaki hisobot uchunmi?

    Qisqasi, umumiy savodxonlikni oshirish vazifasi, birinchidan, O‘zbekiston SSR Xalq ta’limi ministrligi hamda nashriyot, matbaa va kitob savdosi ishlari davlat komiteti rahbarlarining ehtiyojlarini qalban tushunishlarini, ikkinchidan, mualliflikka layoqatli ziyolilar va ilmiy idrokka qurbi yetadigan noshirlarning mustahkam hamkorligini taqozo etadi. “O‘zbek tili” programmasida bu hol alohida aks ettirilishi, ayni choqda boshqa tillardan o‘zbekchaga tarjima qiluvchi moddiy-ma’naviy jihatdan aslo kamsitilmasligi, nashriyot, matbaa va kitob savdosi davlat komiteti tasarrufida ularning muammolari, rejalari bilan muntazam qiziqib boradigan bo‘linma ochilishi zarur. Bunda xayoliy vaj-karsonlarga emas, balki reallikka asoslanish va o‘g‘il-qizlarimiz avvalo ona tiliga mehr qo‘ysalargina rus tilining, bilimning, sotsialistik qadriyatlarimizning bebaholigini tushunib yetishlarini unutmasligimiz ham qarz, ham farz.

    Narzulla Ahmedov,Alisher Navoiy nomidagi SamDu dotsenti, tarix fanlari nomzodi

    Abdurahim Ubaydullayev,SamDU o‘qituvchisi

    “Guliston” jurnali, 1989-yil 11-son

    16.10.2021, 23:40   Izoh (0)   21588
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    16-oktabr — Butunjahon non kuni. O‘zbekistonda qanday nonlar tayyorlanadi? (fotoreportaj)

    16.10.2021, 22:51

    Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyiga tashrifidan so‘ng Toshkent viloyatiga safarini yakunladi

    16.10.2021, 22:48

    Shavkat Mirziyoyev Chirchiqning “Iftixor” mahallasidagi o‘zgarishlarni ko‘zdan kechirdi

    16.10.2021, 22:16

    O‘zbekiston maktablarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi belgilandi

    16.10.2021, 21:36

    O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etiladi

    16.10.2021, 21:15

    Qarshiliklar teri zavodidan chiqayotgan sizot suvlarning badbo‘yligidan shikoyat qilgandi. Viloyat IIB mas’ullari muammoni bartaraf etishga kirishdi

    16.10.2021, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.