• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    COVID-19 xitoylik konchilar organizmidagi mutatsiyalar natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin — olimlar

    SARS-CoV-2 koronavirusi xitoylik konchining organizmida evolyutsiya natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Konchi 2012-yilda ilgari noma’lum bo‘lgan virusni yuqtirib olgan. Bu haqda Bioscience Resource Project loyihasi ijrochi direktori, virusolog Jonatan Latemga tayanib The Telegraph xabar berdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    SARS-CoV-2 qariyb o‘n yil oldin paydo bo‘lgani haqidagi versiyani Latem 2020-yilning avgust oyida ilgari surgandi. O‘shanda u biolog Ellison Uilson bilan birgalikda Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi konchilarni davolagan vrachning dissertatsiyasini topib olgan. Konchilar konni ko‘rshapalaklarning axlatlaridan tozalagan, shundan so‘ng olti kishida COVID-19 ga xos simptomlar paydo bo‘lgan. Ularni sun’iy nafas oldirish apparatiga ulashga to‘g‘ri kelgan, uch kishi vafot etgan. Konchilarning tahlillari Uxandagi laboratoriyaga yuborilganda ular noodatiy pnevmoniyaga o‘xshash koronavirus bilan kasallangani aniqlandi.

    Latemning so‘zlariga ko‘ra, virus “g‘alati evolyutsion sakrashlarni” amalga oshirishi va uzoq vaqt davomida inson organizmida saqlanib, ko‘plab mutatsiyalardan o‘tishi mumkin. Ba’zi hollarda tezlashtirilgan evolyutsiya yuz beradi, unda “o‘nlab yillar olti oyga sig‘ib ketadi”.

    Virusologning fikricha, virus Uxan laboratoriyasidan sizib chiqqan: “Bizning nazariyamiz shuni ko‘zda tutadiki, shunga o‘xshash evolyutsiya 2012-yilda sirli kasallikdan keyin konchilar o‘pkasida sodir bo‘lgan”. Uning nazariyasiga ko‘ra, virus uni yuqtirgan konchilardan olingan tibbiy namunadan “sizib chiqqan”.

    Bu nazariya shuni nazarda tutadiki, virus konchi tanasida “yuzlab mutatsiyalarga” uchragan va oxir-oqibat Sars-CoV-2 ga aylangan, deya tushuntirdi olim.

    Kon Moszyan-Xaniy avtonom okrugida joylashgan. Reuters yozishicha, 2012-yil oxirida Uxan virusologiya instituti olimlari u yerda Moszyan virusi deb nomlangan qo‘zg‘atuvchining namunalarini aniqlagan, keyinroq u kalamushlardan topilgan. Biroq tadqiqotlar konchilarning kasallanishiga ushbu virus sabab bo‘lganini tasdiqlamadi. 2012-yildan 2015-yilgacha konda hammasi bo‘lib, 293 tagacha koronavirus aniqlangan. Ulardan biri RaTG13 virusi bo‘lib, uning SARS-CoV-2 ga o‘xshashligi 96 foiz, deb yozadi Telegraph.

    Avvalroq Telegraph Uxanda olimlar ko‘rshapalaklarga ataylab koronavirus yuqtirmoqchi bo‘lgani haqida yozgandi. Qayd etilishicha, Xitoyning Uxan shahridagi olimlar amerikalik hamkasblari bilan birgalikda 2018-yilda Xitoy ko‘rshapalaklari populyatsiyasiga koronavirusning tarkibi o‘zgartirilgan zarralarini yuqtirmoqchi bo‘lgan.

    Tadqiqotchilar g‘or ko‘rshapalaklariga koronavirusning “yangi kimerik uchli oqsillari”dan iborat nanozarralar va aerozollarni ularning terisi orqali yuqtirishni rejalashtirgan. Olimlar shu yo‘l bilan odamlarga yuqadigan kasalliklarga nisbatan ko‘rshapalaklarda immunitet hosil bo‘lishiga umid qilgan.

    May oyida The Wall Street Journal Uxandagi Xitoy virusologiya institutining kamida uch nafar olimi 2019-yil noyabrida, koronavirus haqida ilk ma’lumot paydo bo‘lishidan avvalroq og‘ir kasallangani haqida yozgandi. Gazeta ta’kidlashicha, bu ma’lumot virusning sun’iy kelib chiqishi haqidagi gipoteza foydasiga guvohlik berishi mumkin.

    Xitoylik olimlar koronaviruslar va boshqa patogenlarni o‘rganadigan laboratoriyada ishlagan. Noyabrda ular bir vaqtning o‘zida ham COVID-19, ham oddiy mavsumiy O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya) belgilariga o‘xshagan simptomlar bilan shifokorlarga murojaat qilgan.

    Mavzuga doir:

    • Koronavirus laboratoriyada yaratilmagan. U odamga qandaydir hayvondan yuqqan bo‘lishi mumkin. Uxanga borib kelgan JSST ekspertlari o‘z xulosalarini ma’lum qildi
    • AQShda COVID-19 sun’iy kelib chiqqani haqida dalillar topildi

    11.10.2021, 21:27   Izoh (0)   20088
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda suv toshqinlari tufayli qariyb 2 mln kishi evakuatsiya qilindi

    11.10.2021, 21:11

    Aleksandr Shallenberg Avstriyaning yangi kansleri etib tayinlandi

    11.10.2021, 20:26

    Navalniy ekstremist va terrorchi sifatida ro‘yxatga olindi

    11.10.2021, 19:41

    Iqtisodiyot bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

    11.10.2021, 18:43

    Obama, Malala Yusufzoy va Efiopiya bosh vaziri. So‘nggi yillarda tinchlik uchun Nobel kimlarga berilgandi?

    11.10.2021, 16:39

    AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatli kechdi, sobiq amaldorlarning 16 mln dollar puli olib qo‘yildi, yagona sport telekanali o‘z ishini to‘xtatdi. Afg‘oniston yang...

    11.10.2021, 15:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Alisher Nikimbayev: “FIFA tarixda ilk bor bir yil ichida ikki xil o‘zbekistonlik hakamlar brigadasini musobaqalarga tayinladi”

    Sport | 25 avgust, 10:25

    “Falastin 36” filmi “Oskar” mukofotiga rasman nomzod bo‘ldi

    Kino | 25 avgust, 10:25

    Lavrov: “Ukraina Putin shartini bajarsagina, mavjud bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi”

    Dunyo | 25 avgust, 10:11

    Ronaldu tarixiy natija qayd etdi

    Sport | 25 avgust, 09:49

    Qancha iste’mol qilinsa ham semirtirmaydigan 15 ta foydali mahsulot

    Go‘zallik | 25 avgust, 09:45

    Rossiya va Ukraina o‘rtasida 300 ga yaqin asirlar almashildi (foto)

    Dunyo | 25 avgust, 09:35

    O‘zbekistonda nomuvofiq mahsulotlar haqida xabar berganlarni moddiy rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

    O‘zbekiston | 25 avgust, 09:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.