• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQSh bilan muzokaralar muvaffaqiyatli kechdi, sobiq amaldorlarning 16 mln dollar puli olib qo‘yildi, yagona sport telekanali o‘z ishini to‘xtatdi. Afg‘oniston yangiliklari

    “Tolibon” AQSh bilan Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralarni muvaffaqiyatni deb hisobladi

    “Tolibon” harakati 10-oktabr, yakshanba kuni yakunlangan AQSh delegatsiyasi bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli deb atadi.

    Tolibon rasmiy vakili Zabihulla Mujohid

    Tolibon rasmiy vakili Zabihulla Mujohid
    Foto: Getty Images

    “Afg‘oniston Islom Amirligi va Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyalari o‘rtasidagi ikki kunlik muloqot muvaffaqiyatli kechdi. Uchrashuv chog‘ida siyosiy masalalar batafsil muhokama qilindi. Doha bitimining to‘liq bajarilishi Islom amirligi tomonidan muammolarni hal qilishning eng yaxshi usuli sifatida ko‘rib chiqilayotgan edi, bundan tashqari, gumanitar yordam siyosiy masalalarga bog‘liq bo‘lmasligi kerak”, — deyiladi “Tolibon” bayonotida.

    Ta’kidlanishicha, AQSh vakillari afg‘onistonliklarga gumanitar yordam berib, boshqa gumanitar tashkilotlarning ko‘mak berishi uchun sharoitlarni ta’minlashga va’da bergan. Toliblar o‘z navbatida bunday yechimni ma’qullagan.

    “Diplomatik munosabatlarni yaxshiroq holatgacha qayta tiklash uchun harakat qilish kerak”, — deyiladi toliblar bayonotida.

    Shuningdek, “agar zarur bo‘lsa”, kelajakda yana shunday uchrashuvlar o‘tkazishga qaror qilingan.

    Avvalroq Amerika Davlat departamenti Dohadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonot e’lon qilgandi. Unda uchrashuv “samimiy va professional” deb tavsiflangan. AQSh Afg‘onistondagi inson huquqlari muammosiga e’tibor qaratdi hamda “Tolibon” rejimiga ularning harakatlariga qarab baho berishini qayta ta’kidladi.

    Mavzuga doir: “Tolibon” IShIDga qarshi kurashda AQSh bilan hamkorlik qilishi mumkinligini inkor etdi

    “Tolibon” Rossiya bilan o‘z hukumati tan olinishi yuzasidan muzokaralar olib bormoqda

    Toliblar Rossiya bilan o‘z hukumatining tan olinishi va o‘zaro elchixonalar ochilishi haqida muzokaralar olib bormoqda, dedi Afg‘oniston axborot va madaniyat vaziri vazifasini bajaruvchi Zabihulla Mujohid.

    “Birinchi navbatda gap diplomatik aloqalar haqida bormoqda, ularsiz keyingi hamkorlikni amalga oshirib bo‘lmaydi. Biz Rossiya bilan, asosan, hukumatimizning tan olinishi va elchixonalar ochilishi yuzasidan muzokaralar o‘tkazyapmiz”, — dedi Mujohid.

    U Rossiya so‘nggi o‘n yilliklar mobaynidagi jangovar harakatlar oqibatida jabr ko‘rgan Afg‘onistonni qayta tiklashda ishtirok etishiga umid bildirdi.

    Mavzuga doir: “Tolibon” Rossiyadan BMT sanksiyalarini olib tashlashda yordam so‘radi

    “Tolibon” sobiq amaldorlarning 16 mln dollardan ortiq pulini musodara qildi

    Afg‘onistonning Panjsher, Xost, Kobul va Luvgar viloyatlarida “Tolibon” harakati avvalgi ma’muriyatdagi mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lgan 16 million dollardan ortiq mablag‘ni musodara qildi. Pullar Afg‘oniston Moliya vazirligi hisobiga o‘tkazildi.

    “Avvalgi poraxo‘r ma’muriyatning ba’zi a’zolaridan olingan pullar Moliya vazirligining maxsus hisobiga o‘tkazildi”, — deyiladi Afg‘oniston Markaziy banki xabarida. Ta’kidlanishicha, dastlab toliblar mablag‘ni Markaziy bankka topshirgan, so‘ng esa “musodara qilingan barcha mablag‘lar eson-omon bank g‘aznasiga o‘tkazilgan”.

    “Tolibon” avgust o‘rtalarida Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olganidan keyin AQSh Afg‘oniston hukumatining Amerika bank hisoblarida saqlanayotgan zaxiralarini muzlatib qo‘ygan edi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi esa mamlakat rahbariyati maqomi bilan bog‘liq vaziyat noaniqligi sababli Afg‘onistonga ko‘mak berish to‘xtatilishini e’lon qildi.

    Mavzuga doir: Afg‘oniston O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Erondan elektr energiyasi uchun 62 mln dollar qarzini to‘lash uchun sobiq amaldorlarning mol-mulklarini sotmoqchi

    Afg‘onistondagi yagona sport telekanali o‘z ishini to‘xtatdi

    Afg‘onistonning yagona sport kanali 3Sport o‘z dasturlarini uzatishni to‘xtatdi. Bu haqda mahalliy TOLO News kanali telekanal rahbari bayonotiga tayanib xabar berdi.

    Bunga iqtisodiy inqiroz, shuningdek, “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan keyin OAVlar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar sabab bo‘ldi.

    “3Sport faoliyati to‘xtatilishining asosiy sababi barcha OAVlarga, xususan, 3Sport’ga qo‘yilgan cheklovlar bo‘ldi. OAVlar ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohadagi boshqa muammolar bilan ham kurashmoqda”, — dedi 3Sport rahbari Shafiqulla Salim Poya.

    Oktabr boshida Afg‘onistonning Khaama Press agentligi mamlakat Jurnalistlar milliy uyushmasiga tayanib, afg‘on OAVlarining 70 foizi o‘z faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi. Avvalroq esa Afg‘oniston jurnalistlar ittifoqi vakili Masrur Lutfiy ishlashda davom etayotgan OAVlar “xavfsizlik sohasida doimiy xavfga uchrayotgani va moliyaviy ko‘mak yo‘qligidan jiddiy xavotirda ekani”ni bildirgandi.

    Mavzuga doir: OAV: Afg‘onistonlik jurnalistlar BMTga maktub yo‘llab ularning xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi

    11.10.2021, 15:28   Izoh (0)   24254
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pokiston yadro dasturi rahbari vafot etdi

    11.10.2021, 13:40

    JSST: COVID-19 ga qarshi kurashda yo‘lning qariyb 60 foizi bosib o‘tildi

    11.10.2021, 12:25

    Og‘riq bu — hayot. Fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti sovrindorlari eng dahshatli va yoqimli sezgilar — isitma, sovqotish, og‘riq va yoqimli hisla...

    11.10.2021, 11:38

    Chexiya prezidenti Milosh Zeman reanimatsiyaga tushdi. Shifokorlar unga qo‘yilgan tashxisni sir saqlamoqda

    11.10.2021, 10:35

    Tataristondagi aviahalokat tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Motam e’lon qilindi, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    10.10.2021, 21:15

    Rossiyalik teleboshlovchi Kseniya Sobchak o‘tirgan avtomobil halokatga uchradi, qurbonlar bor

    10.10.2021, 19:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.