• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda 2 yil ichida rekord darajada qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi ushlandi

    Toshkentda bitta avtomashinaga uch xil raqamni almashtirib taqib, 2 yil davomida 60 dan ortiq qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi ushlandi. Bu haqda “Toshkent” telekanalining “Tezkor xabarlar” dasturida ma’lum qilindi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Qayd etilishicha, 6-oktabr kuni Chilonzor tumani Beshyog‘och ko‘chasida 01 007 SSS raqamli qora Gentra YPX inspektorlari tomonidan shubha ostiga olingan. Raqamni planshet orqali tekshirilganda IIV YHXBB ro‘yxatida yo‘qligi ma’lum bo‘lgan.

    Transport vositasini ko‘zdan kechirish jarayonida avtoulovning old yon va orqa oynalari maxsus ruxsatnomasiz qoraytirilgani, bundan tashqari ichki tomonidan old oynasining tepa qismida va old panelida “migalka” hamda tovush kuchaytiruvchi karnay o‘rnatilgani aniqlangan.

    Voqea joyiga yetib borgan tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilgan surishtiruv natijasida  fuqaro Sh.F. mashinani soxta raqam bilan boshqarib kelgani ma’lum bo‘lgan. Haydovchidan ushbu avtomobilga tegishli bo‘lgan raqamni taqdim etish so‘ralganda haydovchi Gentra’da boshqa (ikkinchi) davlat raqam belgisi va transport vositasini qayd etish guvohnomasini olib ko‘rsatgan. Taqdim etilgan hujjatga asosan kuzov va dvigatelga solishtirilganda ushbu davlat raqam belgisi  bu mashinaga tegishli emasligi, mashinaning asl davlat raqami boshqa (uchinchi) raqam ekani va u onasiga tegishli ekanligi aniqlangan.

    Haydovchi javobgarlikdan qochish maqsadida ichki ishlar xodimlariga yolg‘on ma’lumot bergan. Haydovchidan surishtiruv davomida taqdim etgan avtoraqam tegishli bo‘lgan transport vositasi qayerda ekanligi so‘ralganda mashina uyida ekanligini aytgan. Xonadoniga borib Lacetti rusumli transport vositasi tegishli hujjatlar bilan solishtirilganda haydovchi surishtiruv davomida taqdim etgan avtomobil raqami haqiqatan ham Lacetti’ga tegishliligi aniqlangan.

    Ma’muriy amaliyot bo‘limidan tekshirilganda Lacetti’da 60 kun muddatdan o‘tgan 30 dan ortiq yo‘l harakati qoidalari buzilishi bilan bog‘liq jarimalar mavjudligi hamda qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan va mashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Bundan tashqari, haydovchining onasiga tegishli bo‘lgan transport vositasida ham 60 kundan o‘tgan bir nechta qoidabuzarlik bilan bog‘liq to‘lanmagan jarimalari mavjudligi, aynan shu transport vositasiga soxta raqam taqib yurgani aniqlangan va ushbu mashina ham jarima maydoniga joylashtirilgan.

    Qora rangli Lacetti’ning faqatgina orqa yon oynalarini “tonirovka” qilib haydash uchun ruxsatnomasi borligi sababli haydovchi ushbu davlat raqamini ikkinchi mashina, ya’ni Gentra’ga taqib yurgan, vaholanki ushbu transport vositasi oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma bo‘lmagan.

    Bundan tashqari, haydovchi soxta raqamni uch kun avval Moskvada yasattirib kelganini aytgan bo‘lsa-da, aslida soxta 01 777 SSS raqami 2021-yilning sentabr oyida ham Toshkent ko‘chalarida harakatlangani kuzatuv kameralarida qayd etilgan.

    Hozirda soxta 01 007 SSS raqami bo‘yicha Toshkent IIBB ekspert kriminalistika markazi tomonidan ekspertiza tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

    Haydovchiga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi, ya’ni transport vositasining oynasining tusini ruxsatnomasiz qoraytirish; 125-modda, ya’ni miltillovchi chiroqlar hamda tovush kuchaytiruvchi karnay (sirena)ni noqonuniy o‘rnatish bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

    Shuningdek, Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan avto-mototransport vositalari davlat  raqamlarini qalbakilashtirish hamda undan foydalanish holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Mavzuga doir: Toshkentda YPX xodimlari ko‘z o‘ngida sodir etilgan qo‘pol qoidabuzarliklarning ishtirokchilari oradan salkam uch oy o‘tib topildi. Ular 17 yoshli yigitlar bo‘lib chiqdi

    10.10.2021, 17:11   Izoh (0)   102960
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Komilov Nur-Sultonda afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini muhokama qiladi

    10.10.2021, 16:31

    “Navoiyazot” Zarafshon daryosiga zaharli oqova suvlari chiqarilgani sabab baliqlar ommaviy ravishda nobud bo‘lganiga munosabat bildirdi

    10.10.2021, 15:09

    Qamchiq dovonida MAN yuk mashinasi YTHga uchradi

    10.10.2021, 12:06

    Turkiya O‘zbekistonga COVID-19 vaksinasi va dori-darmonlar yetkazib beradi

    10.10.2021, 11:26

    Samarqandda iste’molga yaroqsiz go‘sht sabab 5 kishi kuydirgi kasalligiga chalinganlikda gumon qilindi

    10.10.2021, 11:05

    O‘zbekistonda 11-oktabr kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz, lekin tumanli bo‘lishi kutilmoqda

    10.10.2021, 10:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xiaomi suv ostida ishlaydigan va smartfonga ulanmay musiqa eshitish mumkin bo‘lgan quloqchinlarni taqdim etdi

    Gadjetlar | 21 iyul, 10:58

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    “Liverpul” qay holatda Rodrigoni sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 21 iyul, 10:30

    Toshkentdagi omborxonadan perekis vodorod moddasi havoga sizib chiqdi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 10:22

    Isroil G‘azo sektorini “bosib olish” bo‘yicha yangi reja tayyorladi

    Dunyo | 21 iyul, 09:55

    Ukraina “Gazprom”dan 6,9 mlrd dollar undirmoqchi

    Dunyo | 21 iyul, 09:20

    Tramp yozgi ta’tilini qayerda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyul, 08:58

    Toshkent viloyatining ikki tumanida noqonuniy diniy ta’lim tashkil etganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 08:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.