O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari sog‘liqni saqlash sohasida grant yordami to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. unga ko‘ra Turkiya tomoni O‘zbekistonga 200 ming dozada COVID-19 vaksinasini, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori-darmonlarini yuboradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
O‘zbekiston nomidan bitimni mamlakatning Turkiyadagi elchisi Alisher Agzamxo‘jayev, Turkiya nomidan – sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Xalil Eldemir imzoladi.
Vaksinalar va dorilarning bu partiyasi do‘stlik va xayrixohlik belgisi sifatida Turkiya tomonidan O‘zbekistonga yuboriladi.
Turkiyadan O‘zbekistonga aynan qaysi turdagi vaksina yuborilishi haqida ma’lumot berilmagan.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron elchisi bilan afg‘on xalqiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish masalasi yuzasidan fikr almashdi
- BMT Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda asosiy logistika markazini ochdi
- Polsha O‘zbekistonga 250 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi