• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Insonlar xavfsiz ma’lumot almashishi uchun XXI asr “raqamli qal’a”si — Telegram’ni barpo qilgan Pavel Durov haqida

    Internet rivojlanib borgani sari unda xavfsiz ma’lumot almashish juda dolzarb masalaga aylandi. Yirik ijtimoiy tarmoqlarining ushbu muammoga duch kelishi insonlarni xavotirga solib qo‘ydi. Bugungi kunda ma’lumot almashish uchun eng xavfsiz messenjer hisoblanuvchi Telegram o‘z egasiga deyarli hech qanday daromad keltirmaydi. “Daryo” moddiy manfaatdan insonlaring xavfsiz ma’lumot almashishini ustun ko‘rgan “rus Mark Sukerbergi” Pavel Durov haqida hikoya qiladi.

    Yoshlik

    Pavel Durov Valeriyevich 1984-yil yil 10-oktabr kuni hozirgi Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. Durovning ota-onasi universitet o‘qituvchilari bo‘lib, Pavel yoshligining bir qismini otasi bilan birga Turin(Italiya)da o‘tkazadi. Vataniga qaytgach Durov gimnaziyaga o‘qishga kiradi, 11-sinf paytligidan esa dasturlash sohasiga qiziqa boshlaydi.

    Gimnaziyani kumush medal bilan bitirgan Pavel Sankt-Peterburg davlat universitetining filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi. Bu yerda u ingliz tilini puxta o‘rganadi. Universitet davrida ancha faol bo‘lgan Durov Rossiya prezidenti, Rossiya Federatsiyasi hukumati va Potanin stipendiyasi egasiga aylanadi.

    Yosh Durov (chapda)

    Yosh Durov (chapda)
    Foto: Google Images

    2006-yil universitetni qizil diplomga (Durov bu diplomni hech qachon olmagan) bitirgach Durov har kuni bir xil tartibda ishlash u uchun emasligiga amin bo‘ladi va orzularini internet orqali amalga oshirishga kirishadi.

    “VKontakte”

    Durov xabar va foydali ma’lumotlar almashishni soddalashtirish bo‘yicha dastlabki ishlanmalarni universitetda o‘qib yurgan kezlarida boshlagan edi. Muhim material, referat va talabalar uchun turli kichik forumlarni qidirish kutubxonasini yaratish Pavelning birinchi ishi edi. U bu saytga o‘zining nomini beradi — “durov.com”.

    Keyingi bosqich “VKontakte”ning prototipi bo‘lgan “spbgu.ru” — universitet saytini yaratish bo‘ladi. Biroq bu tarmoq universitet talabalari orasida ommalashmaydi, qolaversa, talabalar tarmoqdan turli avatar va boshqa ismlar bilan foydalanadi. Ushbu platformadan so‘ng Pavel kelajakdagi ijtimoiy tarmoqda qanday o‘zgarishlar qilinishi kerakligini haqida ko‘nikmalar oladi.

    Durovda yangi aloqa tarmog‘ini yaratishga istak AQShdan kelgan do‘sti bilan suhbatdan so‘ng paydo bo‘ladi. Amerikalik talabalarning Facebook’dan juda keng foydalanishini eshitgan Durov Rossiyada ham shunga o‘xshash tarmoq yaratishga qaror qiladi.

    Dastlab “Student.ru” deb atalgan tarmoq nomi keyinroq “VKontakte”ga almashtiriladi. Pavel va akasi Nikolay 2006-yilda shu nomdagi mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil qiladi. Tarmoq avvaliga yopiq bo‘lib, faqatgina taklif orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. Biroq yil oxiriga kelib tarmoq butunlay ochiladi. Shundan so‘ng tarmoqning shiddat bilan rivojlanishi boshlanadi. Keyingi yili Runetdagi eng mashhur uchinchi saytga aylangan “VKontakte”, 2008-yilda monetizatsiya qilinadi. Shu yili foydalanuvchilari soni yigirma milliondan oshadi hamda “VKontakte” asoschisi Durov “rus Sukerbergi” deb atala boshlanadi. 7,9 milliard rubl boylikka ega bo‘lgan Pavel rossiyalik milliarderlar reytingida 350-o‘rinni egallaydi.

    Nikolay Durov

    Nikolay Durov
    Foto: Wikipedia

    2014-yil yanvar oyida Durov “VKontakte”dagi o‘z ulushini MegaFon bosh direktori Ivan Tavringa sotgani ma’lum bo‘ladi. Mart oyida esa Alisher Usmonovga tegishli Mail.Ru Group korporatsiyasi Tavrindan bu aksiyalarni sotib oladi va “VKontakte”ning 52% aksiyasini o‘z qo‘lida jamlaydi.

    2014-yil 16-aprel kuni Pavel Durov 2013-yilning dekabrida FSB (Federal xavfsizlik xizmati) tarmoq rahbariyatidan Yevromaydon (Ukrainada rossiyaparast Yanukovich tuzumi qulatilgan inqilob Yevromaydon voqealari deb atalgandi) voqealari tashkilotchilarining shaxsiy ma’lumotlarini topshirishni talab qilganini e’lon qiladi.

    Shuningdek, u Bosh prokuratura Aleksey Navalniyning korrupsiyaga qarshi kurashuvchi “Rospil” jamoasini ham blok qilishni talab qilganini aytadi. Biroq Durov buni rad etib, “Rossiya yuridiksiyasi “VKontakte”ning ukrainalik foydalanuvchilariga amal qilmasligini, ukrainalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini tarqatish nafaqat qonun buzilishi, balki ularga qarshi jinoyat” ekanligini aytadi.

    21-aprel kuni Durov “VKontakte”dagi sahifasida FSB bilan ziddiyat tufayli ijtimoiy tarmoq rahbarligidan ketganini e’lon qiladi. U Rossiyani tark etishini, “mamlakat internetda biznes yuritishga mos emasligini” aytadi. Shu tariqa “VKontakte” va uning asoschisi o‘rtasidagi aloqalari butunlay uziladi.

    Uchuvchi pullar

    2012-yil 27-mayda Sankt-Peterburg shahriga asos solingan kun munosabati bilan odamlar ko‘chalarda bayram qilishi sababli shaharda ko‘plab avtomobil yo‘llar yopib qo‘yiladi. “VKontakte” idorasi joylashgan Zinger uyida yaqinidagi yo‘llar ham shu kuni yopib qo‘yilgandi. Shu kuni Zinger binosining yonida olomon yig‘ila boshlaydi. Ular “VKontakte” asoschisi va direktori Pavel Durov hamda kompaniya vitse-prezidenti Ilya Perekopskiyning besh ming rubl qiymatdagi pullarni qog‘oz samolyotlarga yopishtirib otayotgani haqida eshitib ko‘paya boshlaydi. Biroq oradan biroz o‘tib insonlar tepadan tushayotgan pullarni taqsimlash uchun janjallashib ketadi.

    Zinger uyidan pul uchirayotgan Durov

    Zinger uyidan pul uchirayotgan Durov
    Foto: Google Images

    Ko‘pgina amaldor, jurnalist va blogerlar Durovning bu “qilig‘i”ni keskin tanqid qiladi. Voqea “Durov nomidagi haqiqiy Peterburg sirki”  deya istehzo qilinadi (Peterburgda “Durov nomidagi yirtqichlar teatri” bor edi). Durovning o‘zi esa “VKontakte” sahifasida “men va jamoamiz shunchaki bayramga shukuh qo‘shmoqchi bo‘lgandik, ammo odamlar yovvoyilasha boshladi” deb izoh qoldiradi.

    Telegram

    Rossiyani tark etgach Pavel bir qancha vaqt yashash joyini tez-tez o‘zgartirib turadi. U bir davlatdan boshqasiga ko‘chib yurar ekan, o‘zini dunyo fuqarosi deb bilishini aytadi. Karib dengizida joylashgan Sent-Kits va Nevis orol davlatiga sarmoya kiritgan Durov, bu yerning fuqaroligini ham oladi.

    Rossiyada tark etar ekan Durov yangi, ishonchli va muhofazalangan ijtimoiy tarmoq yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. 2014-yil 14-avgust kun shunday dastur yaratiladi — Telegram. Messenjer dastlab faqat iOS tizimidagi qurilmalarga taqdim etiladi. Ijtimoiy tarmoq Pavelning akasi Nikolay tomonidan ishlab chiqilgan MTProto shifrlash texnologiyasiga asoslangan bo‘lib, maxsus xizmatlar nazorati va ularning foydalanuvchilar ma’lumotlariga noqonuniy kirishidan yaxshi himoyalangan edi. Shaxsan Durovning o‘zi Telegram serverlarini buza olgan insonga ikki yuz ming dollar mukofot va’da qiladi.

    2017-yil boshida WhatsApp ma’lumotlari Facebook tomonidan ko‘rilishi va shifrlashdagi muammolar ma’lum bo‘lgach Telegram raqobatchisining ko‘pgina foydalanuvchilari Telegramga o‘tishni boshlaydi. Shu yilning avgust oyida Pavel Durov Telegram’dagi kanalida messenjerning har kunlik foydalanuvchilari soni 600 mingdan oshayotganini aytdi. Keyingi yili esa Telegram’dan oylik faol foydalanuvchilar soni ikki yuz milliondan oshadi.

    2017-yil avgustda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Putinning Tuva respublikasidagi baliq ovi paytida ust kiyimsiz rasmi tarqalganidan so‘ng Durov Instagram’da #PutinShirtlessChallenge fleshmobini boshlaydi. U foydalanuvchilarni Putin kabi kiyimsiz rasm tushishga chaqirib, o‘zi fleshmobni boshlab beradi.

    #PutinShirtlessChallenge

    #PutinShirtlessChallenge
    Foto: Google Images

    Durov va Rossiya qarama-qarshiligi yana davom etdi. Bir yil oldin boshlangan ziddiyat (“Roskomnadzor” Durovdan Telegram’dagi ba’zi akkauntlar ma’lumotlarini berishni talab qiladi va rad javobini oladi” 2018-yil “Roskomnadzor”ning Rossiya Federatsiyasi hududida Telegram ijtimoiy tarmog‘ini bloklab qo‘yishi bilan yakunlanadi. Durov rasmiylar bilan hamkorlik qilishdan qat’iy bosh tortadi hamda Instagram’dagi sahifasida “Erkin bo‘lish uchun siz barcha narsadan voz kechishga tayyor turishingiz kerak” deya post qoldiradi.

    Ammo “erkinlik” baribir g‘alaba qozonadi. “Roskomnadzor”ning yigirma milliondan ortiq IP-manzillarni bloklashi mamlakatda Amazon va Google kabi hostingga asoslangan ko‘plab yirik xizmatlarning uzilishiga olib keladi. Natijada oradan ikki yil o‘tgach “Roskomnadzor” blok ochilganini e’lon qiladi.

    Telegram foydalanuvchilari esa butun dunyo bo‘ylab kundan kunga ko‘payib boraverdi. Durovning “Raqamli qal’a”si mustahkam himoya tufayli mashhurlikka erishadi. Facebook, Instagram va WhatsApp’ning 2019 va 2021-yillaridagi uzoq uzilishlari Telegramga foydalanuvchilar oqimini yanada ko‘paytirdi. Qolaversa, Facebookning turli davlatlarda rasmiylar bilan ma’lumot berish bo‘yicha aloqalari haqidagi gaplar tez-tez tarqala boshlagach Telegramga ishonch ancha ortadi.

    Shaxsiyat

    Durov liberal qarashlarga juda sodiq shaxs. U yaratgan Telegram tarmog‘i Pavelga hech qanday daromad keltirmaydi. Xarajatlar Durovning “VKontakte”dan ishlab topgan pullari va homiylar yordami hisobidan qoplanadi. Durov Telegram pulga muhtoj qolganda pullik xizmatlar yaratilishi mumkinligini, ammo tarmoq reklama olmasligini ma’lum qilgan. Telegram’dan Durov uchun yagona manfaat insonlarning xavfsiz ma’lumot almashishidir. Uning o‘zi aynan shu uchun harakat qilishini bir necha bor ta’kidlagan.

    2017-yil Durov ko‘p yillar oldin voz kechgan, ongga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan narsalar haqida gapiradi. Uning fikricha bular — hayvon go‘shti, nikotin, qahva, qora va ko‘k choy, shakar, har qanday farmasevtika mahsulotlari, tez tayyorlanadigan taomlar, planshet, spirtli, energetik va gazlangan ichimliklar, televizor va uning boshqa analoglari.

    2020-yili Durov Rossiyaning eng boy insonlari ro‘yxatida o‘ttizinchi, dunyoda esa besh yuz oltmish beshinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 3,4 milliard dollar deya taxmin qilinadi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    10.10.2021, 14:08   Izoh (0)   51625
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 09:53

    Jaziramada yoqimsiz hidlardan qutulishga yordam beradigan 7 ta layfhak

    Layfstayl | 25 iyun, 09:47

    “Eronga qarshi urush hali tugamagan” — isroillik general

    Dunyo | 25 iyun, 09:32

    Isroil hujumida 80 dan ortiq g‘azolik halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 25 iyun, 08:40

    O‘zbekistonliklar qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha Shvetsiyaga ishga yuboriladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” 3-turda yirik hisobda g‘alaba qozondi, yana bir uchrashuvda durang qayd etildi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:38

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Benfika” so‘nggi turda “Bavariya”dan ustun keldi, “Boka Xuniros” turnir bilan xayrlashdi (video)

    Sport | 25 iyun, 08:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.