• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2021-yildagi eng yirik YTH to‘rt oy avval Angrenda bo‘lgandi. Qurbonlar soni 7 kishidan ko‘proq bo‘lishi mumkin, lekin mas’ullar ma’lumot yashiryapti

    Angrenda 24-may kuni, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekistonda 2021-yil davomida hozirgacha yuz bergan yo‘l-transport hodisalari orasida eng yirigi yuz bergan edi. O‘sh—Toshkent A-373 yo‘lining 184-kilometrida Namangan—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan MAN rusumli tirkamasi bor yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida kamida 8 ta avtomobil o‘zaro to‘qnashgan, ulardan biri yonib ketgan edi. Dastlabki xabarlarda hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgani, yana kamida 14 kishi jarohatlangani aytilgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    YTH yuzasidan Toshkent viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hodisadan to‘rt oy o‘tganiga qaramay, na tergov haqida, na hodisaga doir boshqa tafsilotlar jamoatchilikka ma’lum qilindi. “Daryo” vaziyatni o‘rganishga harakat qildi, ammo boshqa muammoga duch keldi.

    Ma’lumot taqdim etishdagi sansalorlik

    Toshkent viloyati IIBB axborot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, YTHning kelib chiqishida aybdor deb topilgan haydovchi o‘zi ham shu hodisada vafot etganligi sababli jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi 1-qismi, 3-bandiga (ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib ayblanuvchi, sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa, jinoyat ishini tugatish) asosan tugatilgan. Tugatilgan jinoyat ishi haqida agar bu ish davlat yo harbiy sirlarga taalluqli bo‘lmasa, ma’lumot olish ham, ma’lumot berish ham aytarli muammo bo‘lmasligi kerak.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu maqsadda “Daryo” muxbiri IIV huzuridagi Tergov departamenti bilan bog‘lanib, axborot taqdim etishni so‘ragan. Departament mas’ullari dastlab ushbu YTH yuzasidan ma’lumot tayyorlab qo‘yilgani, uni jamoatchilikka taqdim etish uchun ichki ishlar vaziri o‘rinbosaridan ruxsat olinishi zarurligi, buning uchun biroz vaqt kerakligini aytib, kutishni so‘ragan. Muxbir bir necha kundan so‘ng qayta so‘rov bergach, departament vakili ish Bosh prokuratura nazoratiga o‘tgani, ma’lumotni ham shu idora berishini bildirdi.

    O‘z navbatida, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov esa “Daryo” so‘roviga bergan axborotida Angrendagi og‘ir YTH bo‘yicha tergov ishlari prokuratura organlariga o‘tkazilmaganini ma’lum qildi. IIV huzuridagi Tergov departamenti nima uchun ish prokuraturaga o‘tkazilgani haqida noto‘g‘ri ma’lumot bergani yuzasidan aniq izoh yo‘q.

    Tergov davom etayotgan bo‘lishi mumkin

    Fojiali yo‘l-transport hodisalari, afsuski, kundalik hayotimizning odatiy bir qismiga aylanib qoldi. “Deyarli” so‘ziga hojat ham yo‘q — har kuni O‘zbekistonning turli burchaklarida inson o‘limi bilan bog‘liq bir emas, bir necha yo‘l-transport hodisasi yuz beradi. Ayniqsa, yo‘l-transport hodisalari oqibatida yosh bolalar va piyodalarning bevaqt hayotdan ko‘z yumish holatlari ko‘p uchramoqda. Baxtga qarshi, aksariyatining sabablari ham, kelib chiqish sharoitlari ham bir-biriga o‘xshash, ayni vaqtda ularning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha aniq qadamlar sezilmaydi.

    Angrenda may oyida yuz bergan fojia ko‘lami va qurbonlari soni bo‘yicha, yuqorida ta’kidlanganidek, 2021-yil hisobidan eng kattasi. Shu sababli ham jamoatchilik uning sabablari, kelib chiqish sharoitlari va haqiqiy oqibatlari haqida bilishga haqli. Toki, bu kabi dahshatlar ortiq takrorlanmasin, takrorlanishiga sabab bo‘luvchi omillarni yo‘q qilish choralari ko‘rilsin. Mas’ul idoralarning bu haqdagi ma’lumotlarni turli bahonalar, yolg‘onlar bilan yashirishga urinishi esa mutlaqo oqlab bo‘lmaydigan hol.

    Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati mas’ullari ish tugatilgani haqida axborot berganiga qaramay (ular ham o‘zlariga berilgan axborotga asoslangan va katta ehtimol bilan, haqiqiy ahvoldan bexabar), jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari tugatilmagan bo‘lishi ham mumkin. “Daryo”ning huquq-tartibot organlaridagi manbasi so‘zlariga ko‘ra, ishning bevosita yo‘l harakati xavfsizligi nazorati sohasiga mas’ul xodimlarga taalluqli qismi mavjudligi bois, tergov muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin.

    Ammo bu ma’lumot vakolatli idoralar tomonidan hozircha na tasdiqlandi va na rad etildi. Aslida, YTHning to‘liq tafsiloti jamoatchilikka oshkor etilsa kifoya.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda 4 nafar maktab o‘quvchisini Damas urib yubordi. Ulardan biri shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi
    • Qarshida Lacetti haydovchisi piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan (video)
    • Namanganda “Jiguli” 3-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi
    • Andijonda Spark ikki nafar voyaga yetmagan qizni urib ketdi (video)

    05.10.2021, 21:11   Izoh (0)   108476
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada homilador ayol pichoqlab, o‘ldirildi. Gumonlanuvchi qamoqqa olindi

    05.10.2021, 20:40

    Gurbanguli Berdimuhamedov Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

    05.10.2021, 19:50

    Dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarga aloqadorligi fosh etilgan “Pandora arxivi”da O‘zbekiston ham tilga olingan

    05.10.2021, 19:36

    O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

    05.10.2021, 19:15

    Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

    05.10.2021, 18:26

    Shavkat Mirziyoyev: “Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi”

    05.10.2021, 18:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.