Andijon shahrida Spark avtomobili 2 ta piyodani urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 12-sentabr kuni soat 16:00 larda Andijon viloyati, Andijon shahar, Bobur shohko‘chasida joylashgan “Abu Saxiy” savdo do‘koni yaqinida, haydovchi (1997-yilda tug‘ilgan) F.N. Spark’da harakatlanayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan, voyaga yetmagan (2005-yilda tug‘ilgan) M.B hamda (2011-yilda tug‘ilgan) M.A.larni urib yuborgan.

Oqibatda ikkala piyoda ham tan jarohatlari olib viloyat shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Andijon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.