Daryo

Namanganda “Jiguli” 3-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish58 505 ko‘rishlar0 izoh0

Namangan shahrida “VAZ-2101” yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lum bo‘lishicha, 13-sentabr kuni soat 18:40 atrofida “Kelajak tonggi” mahallasi Chortoq ko‘chasida “VAZ-2101” mashinasini hushyor holda boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan.

Oqibatda u yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan, 63-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

Qayd etilishicha, piyoda ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq sinishi va o‘ng oyoq boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar