• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarga aloqadorligi fosh etilgan “Pandora arxivi”da O‘zbekiston ham tilga olingan

    Surishtiruvchi jurnalistlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ) 3-oktabr kuni “Pandora arxivi” (The Pandora Papers) hujjatlar to‘plamini e’lon qildi. Jahonning 117 mamlakatidan bo‘lgan 150 dan ziyod OAVlarning 650 dan ortiq jurnalistlari o‘nlab amaldagi va sobiq davlat rahbarlari va uch yuzdan ziyod amaldorlar figurant bo‘lgan millionlab fayllarni o‘rganib chiqdi, deb yozmoqda “Gazeta.uz” BBCga tayanib.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Arxiv”da jami 11,9 million (qariyb 3 terabayt) hujjat o‘rin olgan bo‘lib, hajmi bo‘yicha avvalgi sizdirilgan axborotlar, jumladan, “Panama arxivi”dan ham katta (unda faqat bitta ofshor registratorining hujjatlari jamlangan, “Pandora arxivi”da — 14 ta).

    O‘zbekistonning tilga olinishi

    The Guardian va BBC Panorama qo‘shma tadqiqotida aytilishicha, “Pandora arxivi”da britaniyalik tadbirkor, telekommunikatsiya magnati va Buyuk Britaniya konservativ partiyasining yirik donorlaridan biri Muhammad Amersining O‘zbekiston bilan aloqasi qayd etilgan. U 2007—2013-yillarda Shvetsiyaning Telia kompaniyasi maslahatchisi bo‘lgan. Ushbu kompaniya korrupsiyaga qarshi tergov doirasida AQSh va Gollandiya rasmiylariga 965 million dollar to‘lagan.

    Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Amersi 2010-yilda noma’lum ofshor kompaniyaga 220 million dollarlik bahsli to‘lovga aloqador bo‘lgan. Firma O‘zbekiston Birinchi Prezidentining qizi Gulnora Karimova nazoratida bo‘lgan, to‘lov esa keyinchalik AQSh hukumati tomonidan “220 million dollar miqdoridagi pora” deb topilgan.

    Amersining huquqshunoslari bu ayblovlarni rad etgan. Ular korrupsion to‘lovlarni “atayin” ko‘tarish haqidagi har qanday taxmin yolg‘on ekanligini va bitim bo‘yicha asosiy kelishuvlar bundan ikki yil oldin tuzilganini ta’kidlagan.

    Ularning qo‘shimcha qilishicha, Amersi bitimning boshqa ishtirokchilari vijdonan ish tutishiga ishongan va bu pora bo‘lishi mumkin, deb o‘ylashiga asos bo‘lmagan. Bundan tashqari, ularning so‘zlariga ko‘ra, uning vazifasi faqat bitimni tuzish va bahoni tasdiqlash bo‘lgan, qolaversa, vaqt va ko‘lam jihatidan ham cheklangan bo‘lgan.

    The Guardian va BBC’ning aniqlashicha, Muhammad Amersi bu ishi uchun 6 yil davomida 65 million dollar olgan. Nashr xodimlari ichki elektron pochta minglab sahifalarini, sud hujjatlari, hisob-fakturalar, korporativ fayllar va ichki hisobotlarni ko‘rib chiqqan hamda Amersining Telia’ning Markaziy Osiyodagi roli bilan tanish bo‘lgan ko‘plab manbalar bilan suhbatlashgan.

    Surishtiruvda, shuningdek, “MTS O‘zbekiston” uyali aloqa operatorining sobiq bosh direktori Behzod Ahmedov ham tilga olingan, u keyinchalik AQShda “korrupsion sxema”da ishtirok etganlikda ayblangan.

    Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmedov Amersi bilan Telia kompaniyasi Ucell uyali aloqa operatorining 20 foizlik ulushini mamlakatda ishlash uchun zarur bo‘lgan telekommunikatsiya xizmatlari litsenziyalarini olish va yangilash evaziga Gibraltarning ofshor kompaniyasidan sotib olish rejasini muhokama qilgan. Shartnoma tuzilganidan bir necha hafta o‘tib, Amersi o‘zining ofshor firmasi orqali Shveysariyadagi bank hisob raqamiga 500 ming dollar o‘tkazgan. Hisob-fakturada to‘lov Project Uzbekistan/Takilant (Takilant — beinifitsiari Gulnora Karimova bo‘lgan Gibraltar kompaniyasi nomi) uchun to‘langani ko‘rsatilgan.

    Britaniya bosh vaziri va Konservativ partiya rahbari Boris Jonson Muhammad Amersi haqidagi xabarlarga javoban, partiyaga berilgan barcha xayriyalar tekshiruvdan o‘tkazilishini bildirgan.

    Arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ayrim tadbirkorlar ofshor kompaniya sifatida Irlandiya va Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan firmalardan foydalanadi, deb qayd etgan The Irish Times.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ikki korxona — 2016-yilda Shotlandiyada ro‘yxatga olingan Trontex va Gratum Trading — 2017 yilgi Prezident farmonida Sirdaryo viloyatida paxta yetishtirish va to‘qimachilik klasterini boshqaruvchi Bek Cluster qo‘shma korxonasining xorijiy sheriklari sifatida ko‘rsatilgan. Bek Cluster’ning rahbari va ta’sischilaridan biri — senator Ulug‘bek Sotiboldiyev, xorijiy sheriklar endi qo‘shma korxonada hisobga olinmagan.

    “Arxiv”da yana kimlar qayd etilgan?

    “Pandora arxivi”ga ko‘ra, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler rafiqasi Sheri Bler rahbarlik qiluvchi kompaniyaga ko‘chmas mulk sotib olgan. Ular Bahrayn sanoat va turizm vazirining oilasidan ko‘chmas mulk sohasida faoliyat yurituvchi ofshor kompaniyasini sotib oladi. Hisobot mualliflarining qayd etishicha, bino o‘rniga kompaniya aksiyalarini sotib olgan Bler shartnomani shunday rasmiylashtiradiki, 400 ming dollardan ortiq mol-mulk solig‘ini to‘lashga to‘g‘ri kelmaydi.

    Tekshiruvda qayd etilishicha, Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Britaniyaning Virjin orollaridagi kompaniya orqali muhtasham bino — Fransiyaning Mujen shahrida joylashgan Bigo qasrini sotib olgan. Ushbu qasrdan tashqari, Babishning Mujenda yana ikkita ko‘chmas mulki, shu jumladan villasi bor.

    Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning yaqin do‘sti va safdoshi bo‘lgan Belgradning sobiq meri Sinisa Mali 2015-yilda Bolgariyaning Qora dengiz sohilidagi 6,1 million dollarlik hashamatli turar joy majmuasida 24 ta xonadonga egalik qilishini rad etgan. Ammo jurnalistlar buni isbotlashga muvaffaq bo‘ldi.

    “Arxiv”da aytilishicha, Iordaniya qiroli Abdulla II 2003—2017-yillarda Buyuk Britaniya va AQShdagi qimmatbaho ko‘chmas mulklarga 100 million dollardan ortiq pul sarflagan. U mamlakatga rahbarlik qilgan 1999-yildan boshlab 15 ta uy sotib olish uchun firmalar tarmog‘idan foydalangan. Iordaniya monarxi idorasi 3-oktabr kuni bu ma’lumotlar “yangi va sir emasligini” bildirgan.

    “Pandora arxivi”, shuningdek, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning “Studiya Kvartal 95”dagi sheriklari ofshor kompaniyalar tarmog‘ining benefitsiarlari bo‘lganidan guvohlik bermoqda. Bu kompaniyalarning pullari Londonning hashamatli ko‘chmas mulkiga sarmoya qilingan. 2019-yilgi saylovlar oldidan Zelenskiy o‘z ulushini biznes sherigi va amaldagi yordamchisi Sergey Shefirga o‘tkazgan.

    Sobiq ittifoq mamlakatlarining boshqa rahbarlaridan, hujjatlarda (shaxsan o‘zi yoki ularning yaqinlari) Vladimir Putin, Nursulton Nazarboyev va Ilhom Aliyev ham tilga olingan.

    Mavzuga doir: “Pandora arxivi” e’lon qilindi. Unda dunyo siyosatchilarining moliyaviy jinoyatlarga aloqadorligi fosh etilgan. Asosiy ma’lumotlar

    05.10.2021, 19:36   Izoh (0)   44586
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi

    05.10.2021, 19:15

    Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi

    05.10.2021, 18:26

    Shavkat Mirziyoyev: “Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi”

    05.10.2021, 18:12

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    05.10.2021, 17:41

    Bo‘stonliqda 150 metr balandlikdan tushib ketgan Spark’ning haydovchisi xavfsizlik kamari sabab omon qoldi

    05.10.2021, 17:25

    Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 23 ta hujjat imzolandi (foto)

    05.10.2021, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.