• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: “Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi”

    Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev muzokaralar samarali va sermazmun bo‘lganini, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarini muhokama qilganlarini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston va Turkmaniston eng yaqin qo‘shni, birodar mamlakatlar, vaqt bilan sinalgan ishonchli do‘st va hamkorlar.

    “Turkmaniston bilan hamkorlikda xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligi, tarixiy va madaniy o‘xshashligi, dini, ma’naviy qadriyat va an’analari mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik darajasiga erishilganini yuksak qadrlaymiz. Bugungi muzokaralar natijalari hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishimiz samimiyligi va qat’iyligini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.

    Birodar Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida ta’kidlamoqchiman”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Davlat rahbari O‘zbekiston–Turkmaniston munosabatlari, ayniqsa savdo-iqtisodiy sohada ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uch barobar ortdi. Pandemiya oqibatlariga qaramay, 2021-yilning o‘tgan davrida o‘zaro savdo hajmi yigirma besh foizga oshdi.

    Bundan tashqari, tashrif doirasida o‘tgan O‘zbekiston–Turkmaniston iqtisodiy forumida kelishuvlar va qat’iy shartnomalarning salmoqli to‘plami imzolandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shavkat Mirziyoyev bugun imzolangan chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, uchinchi mamlakatlarda kelayotgan importning o‘rnini O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilayotgan va ikki mamlakat bozorlarida talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar bilan bosishga doir kelishuv o‘zaro savdoni ko‘paytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, kimyo, transport va logistika sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

    Hududlararo sheriklikni faollashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Chegaradosh viloyatlar o‘rtasidagi muntazam bevosita muloqot hamda har yili O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari forumini o‘tkazish iqtisodiy hamkorlikni o‘stirishning yangi drayveri bo‘lib xizmat qilishi borasida yakdil fikr bildirildi. Bunday formatdagi ilk uchrashuv kelgusi yilda Xivada o‘tkaziladi.

    Davlat rahbarlari transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar. O‘zaro yuk tashish hajmi ortganini qayd etib, tomonlar transport yo‘laklaridan samarali foydalanish uchun bundan buyon ham qulay sharoitlar yaratishga, shuningdek, shimol-janub va g‘arb-sharq yo‘nalishlaridagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Suv resurslari va ekologiya mavzusi, iqlim o‘zgarishi masalalari mamlakatlar iqtisodiyotlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Turkmaniston qo‘shma komissiyasi o‘z ishini boshlaganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

    Muzokaralar kun tartibidan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhim o‘rin egalladi.

    O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

    Shu ma’noda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini muntazam asosda o‘tkazib borish hamda joriy yil 5–6-avgust kunlari Avazada o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekanini ta’kidladilar.

    Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

    Ikki mamlakat madaniy, ilmiy va sport doiralari o‘rtasidagi almashinuvlarni davom ettirish, yoshlar uchrashuvlari va forumlarini o‘tkazish, yoshlar tashkilotlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. Bularning barchasi birodar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

    Tomonlar tibbiy diplomatiyaning maqsad va vazifalarini birgalikda ilgari surishga, mamlakatlarimiz xalqlari va butun mintaqaning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zaro muvofiqlashga yondashuvni ishlab chiqishga kelishdilar.

    Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov muzokaralar natijalaridan mamnun ekanini bildirdi, ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi yuzasidan ishonchli va konstruktiv fikr almashilganini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “O‘zbekiston Turkmanistonning muhim savdo hamkorlaridan biridir. O‘zbekistonga bu galgi rasmiy tashrifning asosiy maqsadi – hurmatli prezident, mening do‘stim Shavkat Mirziyoyevni, uning rahbarligida mamlakatning davlat tizimida, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni men qat’iy qo‘llab-quvvatlashimni namoyish etish”, – dedi Turkmaniston prezidenti.

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik va do‘stona qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

    Mavzuga doir:

    • Turkmaniston prezidentini Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi — suratlarda
    • Shavkat Mirziyoyev: “Afg‘on xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyormiz”
    • Ko‘ksaroy qarorgohida Turkmaniston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)
    Bundan avval Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 23 ta hujjat imzolangani hamda O‘zbekiston va Turkmaniston transport sohasida hamkorlikni faollashtirishga kelishgani haqida xabar berilgandi.

    05.10.2021, 18:12   Izoh (0)   12170
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

    05.10.2021, 17:41

    Bo‘stonliqda 150 metr balandlikdan tushib ketgan Spark’ning haydovchisi xavfsizlik kamari sabab omon qoldi

    05.10.2021, 17:25

    Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 23 ta hujjat imzolandi (foto)

    05.10.2021, 17:11

    Turkmaniston prezidentini Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi — suratlarda

    05.10.2021, 16:42

    Toshkentda ayrim avtobuslarning qatnov yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

    05.10.2021, 16:13

    O‘zbekiston va Turkmaniston transport sohasida hamkorlikni faollashtirishga kelishdi

    05.10.2021, 15:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.