UzAuto Motors va boshqa korxonalar xususiylashtiriladi. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston iqtisodiy forumida bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi.
“UzAuto Motors va davlat tasarrufidagi 10 ta yirik korxona 2023-yilgacha xususiylashtiriladi, ular orasida davlat hisobidagi ipoteka va sanoat qurilish banklari hamda OKMK kabi korxonalar bo‘lishi mumkin”, — dedi Jamshid Qo‘chqorov.
Bundan avval O‘zbekistonda Coca-Cola’ning davlat ulushi 252,2 million dollarga Turkiya kompaniyasiga sotilgani, Timur Ishmetov 2021-yil yakunigacha O‘zbekistondagi yirik bank xususiylashtirilishini aytgani hamda O‘zbekiston 2021-yil boshidan beri davlat aktivlarini xususiylashtirishdan qancha foyda ko‘rgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)